O‘zbekiston | 08:11 / 26.07.2023
5926
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruv o‘tkazish tartibi o‘zgarmoqda

Prezident tomonidan “O‘zbekiston prezidentining ayrim  hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.

Quyidagi prezident hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq, tezkor-qidiruv tadbirlari va taftishlar Biznes-ombudsman bilan kelishilmagan holda o‘tkaziladi:

  • 19.11.1998 yildagi “Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida”gi PF-2114-son;
  • 27.07.2018 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5490-son.

nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (13.09.2022 yildagi PQ-374-son prezident qarori bilan tasdiqlangan).
 
Ma’lumot uchun, hozirgi paytda:

  • tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish «xavfni tahlil etish» tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi;
  • nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart;
  • tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat Biznes-ombudsman tomonidan amalga oshiriladi.

tekshiruvni o‘tkazish Biznes-ombudsman bilan kelishgan yoki uni xabardor etgan holda «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi.
 

Mavzuga oid