Muhojirlikda bölgan rossiyalik muxolifatçi Mixail Xodorkovskiy Igor Strelkov (Girkin)ning ta’qib qilinişini noqonuniy deb bilişini aytdi. 

«Har qanday fikr bildiriş, hatto öta yoqimsiz fikr bildiriş jinoyat emas, bu Girkinga qöyilgan hozirgi ayblov noqonuniy ekanini va uni Rossiyada siyosiy sabablarga köra ta’qib qilinayotgan şaxsga aylantirayotganini anglatadi. U bu ayblov böyiça oqlanişi kerak», deb yozdi Xodorkovskiy özining Telegram-kanalida 25 iyul, seşanba kuni.

Şu bilan birga, u 2014 yil iyulida Donbass osmonida urib tuşirilgan Boeing 777 yölovçi samolyoti işi böyiça Niderlandiya sudining qaroriga köra Strelkovni jinoyatçi deb bilişini körsatdi. Bundan taşqari, Xodorkovskiyga köra, Strelkov «2014 yilda Kreml buyurtmasi bilan Ukrainada qurolli provokatsiya uyuştirganlikda aybdordir».

Avvalroq muxolifat yetakçisi Aleksey Navalniy ham internetda ekstremistik faoliyatga undaganlikda ayblanib, hibsda saqlanayotgan Strelkovni siyosiy mahbus deb atagandi.