«Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantiriş va sport maydonçalaridan samarali foydalanişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori imzolandi.
Qarorga köra, «Beş taşabbus olimpiadasi» doirasida ğolib va sovrindor bölgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bölmagan mahalla terma jamoalari uçun 2030 yilgaça 5 mingta sport maydonçalari taşkil qilinadi.
2023 yil 1 avgustdan:
- olis va çekka hududlarda joylaşgan mahallalar hamda maktablar hududida qurilgan sport maydonçalari ular joylaşgan hududiga qarab tegişliligi böyiça Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi hamda fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tizimiga ötkaziladi;
- sport maydonçalarining joylaşuv hududidan qat’i nazar (ta’lim taşkilotlari hududida darsdan taşqari vaqtlarda), barça fuqarolar uçun foydalaniş bepul böladi va vaqti çegaralanmaydi;
- sport maydonçalaridan samarali va maqsadli foydalanilişi mahallalardagi yoşlar yetakçilari va profilaktika inspektorlari tomonidan taşkil etiladi.











