Ukrainadagi urushning 519-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Vladimir Putin Ukraina qurolli kuchlari Zaporijjya yo‘nalishida harbiy harakatlarni faollashtirganini ma’lum qildi. Ukrainalik harbiylar payshanba kuni kechqurun Zaporijjya va Donetsk oblastlari chegarasidagi Staromayorske qishlog‘ini ozod etishdi.
  • RBK ma’lumotiga ko‘ra, Davlat dumasi deputatlariga mudofaa vaziri Sergey Shoygu va RF Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov ruxsatisiz harbiy harakatlar hududiga borish taqiqlangan.
  • Ukrainada harbiy holat muddati uzaytirildi. Oliy rada uchun 18 avgust kuniga belgilangan saylovlar o‘tkazilmaydi. Keyingi parlament saylovlari 2023 yil 29 oktyabrida bo‘lib o‘tishi mumkin.
  • Checheniston IIV 30 yoshga to‘lmaganlarga qarindoshlari guvohligisiz xorijga chiqish pasportlarini bermayapti. Respublikadagilar buni xorijga safar maqsadi «RF manfaatlari»ga xilof kelmasligi kerakligi bilan tushuntirishgan.

Ukraina QKning Baxmut atrofidagi va Zaporijjya oblastidagi tibbiy punktlari

Ukrainalik harbiy vrachlar Baxmut atrofidagi tibbiy punktda yarador askarni jarrohlik amaliyotiga tayyorlamoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Tibbiyot xodimlari yarador ukrain askarini tez yordam mashinasiga chiqarmoqda (surat aynan qayerda olinganiga aniqlik kiritilmagan)
Reuters / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastidagi tibbiy punktda yarador askarga yordam ko‘rsatayotgan shifokorlar
Kateryna Klochko / AP / Scanpix / LETA
Ukraina QKning Zaporijjya oblastidagi tibbiy punkti
Kateryna Klochko / AP / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastidagi tibbiy punktda yarador askarni davolayotgan shifokor