Avtobusni toshbo‘ron qilgan 14 yigit 15 sutkaga qamaldi
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududida Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi avtobus bir guruh yigitlar tomonidan toshbo‘ron qilingani haqida xabar berilgandi. Ayni vaqtda voqeada ishtirok etgan 14 nafar yigit ushlangan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2023 yil 28 iyul kuni soat taxminan 14:00 da G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida viloyatlararo yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchisi u bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi bilan yo‘l talashib o‘zaro tortishib qolishgan.
Shundan so‘ng “Damas” haydovchisi Y.Sh. Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Oytamg‘ali mahallasi hududidan o‘tgan M-37 avtomobil yo‘lida tanishlari bilan avtobus yo‘lini to‘sib, harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasdan, transportga shikast yetkazgan.
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan.
IIBning qo‘shimcha ma’lumot berishicha, voqeada ishtirok etgan 14 nafar shaxsga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

14:59 / 24.06.2025
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

10:21 / 21.06.2025
Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini sotayotganlar ushlandi

17:15 / 10.06.2025
“Ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga beriladi” – Urgutda fermerlar shunday ogohlantirildi

11:40 / 09.06.2025