Hindistonning Ğarbiy Bengaliya ştatida yaşovçi er-xotin iPhone 14 sotib oliş uçun öz farzandini sotib yubordi. Bu haqda Times of India xabar berdi.
Er-xotin Instagram videoroliklarini yaratiş maqsadida eng yangi gadjetni oliş uçun öz farzandini sotgan.
Qayd qilinişiça, 8 oylik çaqaloqning yöqolib qolganini, ammo ota-onasi bundan qayğuda emasligini qöşnilar payqab qolişgan. Bundan taşqari, moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelgan oilada narxi kamida million rupiy bölgan qimmatbaho telefonning paydo bölişi ham qöşnilarda şubha uyğotgan.
Dastlabki tergovda ona haqiqatan ham iPhone sotib oliş maqsadida öz farzandini sotganini tan olgan. Hayratlanarlisi şundaki, oila sakkiz oylik çaqaloqni sotişdan oldin, yetti yoşli qizini ham sotişga uringan.
Mahalliy politsiya Sati ismli onani hibsga olgan. Biroq Jaidev Goş ismli ota qoçişga muvaffaq bölgan. Hozir u qidiruvda. Politsiya er-xotinga nisbatan jinoiy iş oçgani aytilmoqda.











