Ha, huquqiy davlatçilik oyoqqa turmagan, siyosiy plyuralizm şakllanmagan davlatda söz erkinligidan foydalanuvçilarga nisbatan qöyilgan ayblovlarni bemalol isbotlab ham beriş mumkin. Lekin boşqa tomondan, davlatlarning içki va taşqi “reputatsiyasi” degan narsani heç kim inkor qilmaydi, qila olmaydi.

Taşqi dunyoda esa “Özbekiston jurnalistlari va blogerlariga qiron kelayaptimi?!” degan savol tuğilişi tabiiy, va ayni kunlarda şu savol tuğilmoqda ham. Dunyoning köplab davlatlari Özbekiston bosib ötgan bosqiçni allaqaçon ötib bölgan. Ular markazlaşgan davlatçilik nima-yu, tanqid nima ekanini yaxşi bilişadi.

Davlat şunday bölişi kerakki, özining manfaatlarini har jihatdan töğri çamalay olişi kerak. Içki vaziyatni deb, taşqi global reputatsiyani qurbon qiliş...

Bu yerda, boşqaça natija bölmaydi, bu faqat vaqt masalasi. Natija esa, salbiy böladi. Bu salbiy natijalardan biri, masalan, xorijiy moliya institutlarining Özbekiston haqidagi fikri yomonlaşişi, investitsiyalar oqimi kamayişi, natijada iqtisodiy ösiş böyiça berilgan va’dalarning amalga oşişi yanayam qiyinlaşib ketişi tarzida namoyon bölişi mumkin. Xalqaro taşkilotlarning bepul grantlari va nisbatan arzon qarzlari budjet kamomadlarini yopiş va köplab ijtimoiy xarajatlarni qoplab berişda katta ahamiyatga egaligini inkor qilib bölmaydi.

Jurnalistlar va blogerlar xato yoki jinoyat qilgan bölişining ehtimoli bordir. Lekin, siyosiy tizim şunday bölişi kerakki, ular xato qilişga qadar ogohlantiriş tizimi işlaşi kerak. Şu bilan birga, xolis tergov va adolatli sud ta’minlanişi zarur. Çunki qamalayotgan har bir jurnalist yoki bloger davlatga qimmatga tuşadi.

Qonunlar davlatning milliardlarini ömarayotgan amaldorga ham, “adaşgan” blogerga ham birdek töğri işlaşi kerak.

Şuningdek, jurnalist va blogerlarga özlarini faoliyatini moliyalaştiriş uçun aniq imkoniyatlar berilişi zarur.

Heç bir hokimiyat beqarorlikni yoqtirmaydi. Tanqidni esa – beqarorlik va anarxiya elçisi sifatida köriş odatiy. Lekin davlat jamoatçilik bilan işlaşni töğri yölga qöya olsa, heç qanday beqarorlik yoki anarxiya tinçlikka rahna sola olmaydi.

Qisqa qilib aytganda, davlat öziga işonişi kerak. Bir tomondan jamoatçilik bilan muttasil işlaşi, ikkinçi tomondan, kuç işlatar tizimlari va boşqa mulozimlarni tiyib turişi maqsadga muvofiq.

Kamoliddin Rabbimov,