Jahon | 10:56 / 31.07.2023
5367
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyev: Ukraina AQSh bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi

Ukraina shu haftada AQSh bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi, dedi Ukraina prezidenti devonxonasi rahbari Andrey Yermak. 

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

«Mamlakatimizda urush ketyapti. Biz NATOga a’zo bo‘la olmasak-da, davlatimiz o‘tish davri uchun ishonchli kafolatlarni ta’minlash kerak», - deya tushuntirdi u. 

Yermakning so‘zlariga ko‘ra, bular «aniq va uzoq muddatli majburiyatlar bo‘lib, kelajakda Ukrainaning Rossiya tajovuzkorligini yengish va oldini olish qobiliyatini ta’minlaydi». 

Vashington hozircha bu ma’lumotga izoh bermagan.

Amerikaning birinchi Abrams tanklari Ukrainadagi jang maydonida, katta ehtimol bilan sentabrda paydo bo‘ladi, deb yozgandi Politico 28 iyul kuni 6 manbaga, xususan, Pentagon va AQSh Kongressidagi muzokaralar jarayoni bilan tanish bo‘lgan shaxslarga tayanib. 

Uning suhbatdoshlariga ko‘ra, avgust oyida bir nechta Abrams’ni Germaniyaga jo‘natish rejalashtirilgan, u yerda ular qayta jihozlanadi, shundan so‘ng tanklarning birinchi partiyasi Ukrainaga yuboriladi. Aynan avgust oyida, Pentagon rasmiylariga ko‘ra, Germaniyadagi Grafenvyor harbiy bazasida Ukraina harbiylari uchun 31 ta o‘quv tanki bo‘yicha taxminan 10 haftalik o‘quv kursi tugashi kerak. 

Politico ta’kidlashicha, birinchi marta Abrams’ni Kiyevga yetkazib berish muddati haqida aniq ma’lumotlar paydo bo‘ldi: avvalroq Pentagon ukrainaliklar bu tanklarni «ehtimol kuzda» olishini bildirgan edi.

Mavzuga oid