08:38 / 29.07.2023
6021

AQSh sentabrda Kiyevga Abrams tanklarini yetkazib berishni boshlashi mumkin

Birinchi marta Abrams tanklarini Ukrainaga yetkazib berish muddati haqida aniq ma’lumotlar paydo bo‘ldi, deb yozadi Politico. Uning manbalariga ko‘ra, avgust oyida birinchi partiya qayta jihozlash uchun Germaniyaga keladi, sentabrda esa tanklar Ukraina qurolli kuchlariga topshiriladi. 

Foto: Getty Images

Amerikaning birinchi Abrams tanklari Ukrainadagi jang maydonida, katta ehtimol bilan sentabrda paydo bo‘ladi, deb yozadi Politico 28 iyul, juma kuni 6 manbaga, xususan, Pentagon va AQSh Kongressidagi muzokaralar jarayoni bilan tanish bo‘lgan shaxslarga tayanib. 

Uning suhbatdoshlariga ko‘ra, avgust oyida bir nechta Abrams’ni Germaniyaga jo‘natish rejalashtirilgan, u yerda ular qayta jihozlanadi, shundan so‘ng tanklarning birinchi partiyasi Ukrainaga yuboriladi. Aynan avgust oyida, Pentagon rasmiylariga ko‘ra, Germaniyadagi Grafenvyor harbiy bazasida Ukraina harbiylari uchun 31 ta o‘quv tanki bo‘yicha taxminan 10 haftalik o‘quv kursi tugashi kerak. 

Politico ta’kidlashicha, birinchi marta Abrams’ni Kiyevga yetkazib berish muddati haqida aniq ma’lumotlar paydo bo‘ldi: avvalroq Pentagon ukrainaliklar bu tanklarni «ehtimol kuzda» olishini bildirgan edi. 

Nashrning ta’kidlashicha, Ukrainaga zamonaviyroq M1A2 emas, balki M1A1 rusumidagi eski rusumdagi mashinalar yuboriladi, sababi M1A2’ni yetkazib berish bir yil vaqt oladi. Shu bilan birga, ular eng nozik texnologiyalardan, jumladan, kamaytirilgan uranli zirhlardan ham mahrum bo‘ladi. 

Mavzuga oid
Top