31 iyul tongida Kriviy Rih (rusça Krivoy Rog) Rossiya tomonidan öqqa tutildi. Ukraina rasmiy şaxslariga köra, raketalardan biri köp qavatli turar joy binosiga, boşqasi — universitetning tört qavatli binosiga kelib urilgan.

«Raketa turar joy binosining 4 qavatidan 9 qavatigaça bölgan qismini vayron qildi. Yonğin çiqqan», — deya xabar qilgan Ukraina IIV rahbari Igor Klimenko.

Tört kişi halok bölgani va 53 kişi yaralangani, ular orasida bolalar ham borligi xabar qilinmoqda.

Dnipropetrovsk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Lisakning aytişiça, jabrlanganlar şifokorlarga «yorilgan va kesilgan yaralar, siniş va mina portlaşidan olingan jarohatlar» bilan kelmoqda.

«Ularning köpçiligining holati — qoniqarli. Ikki nafari oğir yaralangan», — degan Lisak.

Universitetning zarbaga uçragan binosi. Foto: Ukraina IIV

Favqulodda xizmatlar yonğinni öçirmoqda va xarobalarni tozalamoqda. Rasmiy şaxslarning baholariga köra, xarobalar ostida yana kamida sakkiz kişi qolib ketgan bölişi mumkin.

Rossiya tomoni hozirça Kriviy Rih öqqa tutilişi yuzasidan heç qanday bayonot bermagan.

Duşanba kuni Xerson şahriga ham zarba yöllangan. Ukraina prokurori ofisi xabariga köra, şahar öqqa tutilişi çoğida şahar kommunal korxonasining 60 yoşli işçisi halok bölib, yana ikki kişi jarohat olgan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kriviy Rih va Xersonga qilingan sönggi hujumlar yuzasidan munosabat bildirdi. «Sönggi kunlarda duşman öjarlik bilan şaharlarga, şaharlar markazlariga zarba bermoqda. Fuqarolik obektlari va uy-joylarni öqqa tutmoqda. Ammo bu terror bizni qörqitmaydi va sindirmaydi. Biz işlaymiz va xalqimizni qutqaramiz», — deya yozgan u.

Universitetning zarbaga uçragan binosi. Foto: Ukraina IIV