Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politico: Ukraina prezident Zelenskiy halok bo‘lgan taqdirda zaxira rejasiga ega
Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy halok bo‘lgan taqdirda zaxira rejasi bor, deb yozadi Politico.
Foto: AP
Ukraina konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat rahbari o‘z vazifalarini bajara olmagan taqdirda, prezident funksiyalarini Oliy rada raisi o‘z zimmasiga oladi - hozir bu Ruslan Stefanchuk.
U, nashrning ta’kidlashicha, aholi orasida yuqori ishonchga ega emas.
Atlantika kengashining Yevrosiyo markazi katta ilmiy xodimi Adrian Karatnitskiyga ko‘ra, gap «kollektiv hukumat» haqida boryapti.
Stefanchukdan tashqari bu jamoa tarkibiga Ukraina prezidenti devonxonasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Dmitri Kuleba va mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov kiradi, Valeriy Zalujniy esa Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni sifatida qoladi, deb hisoblaydi Politico.
Bundan oldin Zelenskiy Rossiya o‘z mamlakatini to‘liq bosib olish va yo‘q qilishga qodir emas deb hisoblashini aytgandi.
Bu haqda davlat rahbari Braziliyaning Globo teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Zelenskiydan Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi bilan Suriyadagi urush orasida o‘xshashlik haqida so‘raldi. Prezident Suriya bilan sodir bo‘lgan voqea Ukraina bilan yuz berishi mumkin emasligini ta’kidladi.
Davlat rahbari fikriga ko‘ra, Ukrainadagi urushni Suriyada sodir bo‘layotgan voqealar bilan taqqoslab bo‘lmaydi, chunki Rossiya Ukrainaga butun armiyasini yo‘llamoqda.
Mavzuga oid
09:29
Bryansk viloyatining bir qismi dron zarbalaridan keyin elektrsiz qoldi
08:57
Avstriya kansleri Ukraina bo‘yicha YeIning Putin bilan muzokara olib borishini qo‘llab-quvvatladi
08:41
Rheinmetall rahbari 2026 yilda Ukrainada tinchlik bo‘lishini kutmayapti
19:57 / 15.02.2026