Dunyodagi barça elektrdvigatelli va gibrid avtomobillarning yarmidan köpi Xitoyda işlatilyapti. Bu haqda 2 avgust, çorşanbaga ötar keçasi Ştutgart tadqiqot instituti ZSW ma’lumotlariga tayanib, dpa agentligi xabar berdi. Unga köra, 2023 yil boşiga kelib Xitoy yöllarida 14,6 million elektromobil harakatlangan bölsa, bu ularning dunyodagi umumiy sonining 53 foizini, ya’ni 27,7 million donani taşkil etadi.
Ikkinçi örinda 3,4 million elektromobil röyxatga olingan AQŞ joylaşgan. Uçinçi örinda 1,9 million dona şunday maşinalar mavjud bölgan Germaniya. Fransiya va Buyuk Britaniya mos ravişda 1,1 million va 1 million elektromobil bilan törtinçi va beşinçi örinlarda.
Xitoy, ZSW ma’lumotlariga köra, nafaqat elektromobillar bozorida hukmronlik qilyapti, balki uning boşqa mamlakatlardan özib ketişi tobora ortib bormoqda. «Agar Germaniya 2030 yilga borib köçalarga 15 million elektromobillarni çiqariş böyiça öz oldiga qöygan maqsadiga erişmoqçi bölsa, u holda har yili 2022 yildagidan ikki baravar köp avtomaşinalarni röyxatdan ötkazişi kerak», dedi institut matbuot kotibi Andreas Pyuttner.












