Telegram-kanallarda bir erkak yo‘l harakatiga xavf tug‘dirgan va jamoat tartibini buzgan holda boshqa fuqaroni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgancha ta’qib qilgani, quvib yeta olmagach, unga tegishli Cobalt avtomobiliga zarar yetkazgani aks etgan video tarqaldi.
Farg‘onada bo‘lgani aytilayotgan voqeada, erkak qo‘lidagi g‘isht bilan mashina kuzovining yon qismi, old kapotini pachaqlagani, shuningdek orqa, yon va old oynalarini sindirganini ko‘rish mumkin. Lekin yo‘lning qatnov qismida yuz berayotgan mojaroga shu yerda bo‘lgan ichki ishlar organi xodimlari nima uchundir aralashmagan, faqatgina shu atrofdagi odamlar g‘azab otiga mingan barzangini to‘xtatib qolishga uringan.
Videoda qonunbuzar IIO xodimlarining ko‘z oldida jabrlanuvchini ancha joygacha ta’qib qilib borgani, qonun posbonlari esa vaziyatga shunchaki tomoshabin bo‘lishdan boshqasiga yaramagani, tomonlarning mushtlashishi aniq bo‘lganidan so‘nggina xodimlardan biri ularni ajratgani, nizoning oldini olish uchun barzangi qolib, jabrlanuvchini IIO xizmat mashinasiga o‘tirg‘izib olib ketishgani ko‘rinadi.
Viloyat IIB bayonotiga ko‘ra, voqea kecha, 1 avgust kuni Farg‘ona shahrida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro Sh.S. “Yandeks” ilovasi orqali taksi chaqirgan. Uning buyurtmasini Farg‘ona shahrida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan I.R. qabul qilib, birozdan keyin Sobalt mashinasida S.Sh. turgan S.Temur ko‘chasiga yetib kelgan.
Lekin mijoz taksi haydovchisining telefon apparati o‘chib qolganidan va uning qo‘ng‘irog‘iga javob bermaganidan jahli chiqib, u bilan janjallashgan va Cobalt'ga hujum qilgan.
Qayd etilishicha, holatning barcha ishtirokchilari shaxsiga oydinlik kiritilgan. Ayni paytda Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, mulkka yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha tegishli tartibda ekspertiza tayinlangan.
Biroq ro‘y bergan voqea Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir nechta moddasi bilan malakalanib, huquqbuzarga darhol ma’muriy ish ochish mumkin edi. Jumladan, internetda tarqalgan video qahramonining harakatlarida haqorat qilish (MJtK 41-moddasi, sanksiyasi: BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima),
















