Farğona viloyati Qöqon şahrida tovlamaçilikda ayblanib, uşlangan bloger Olimjon Haydarovga qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, 29 iyul kuni jinoyat işlari böyiça Qöqon şahar sudida Qöqon şahar prokurorining Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) 2-qismi «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvçi va Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi (suriştiruvçining, tergovçining yoki prokurorning qaroriga binoan uşlab turiş) tartibida uşlangan Olimjon Haydarovga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş töğrisidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan körib çiqildi.
Sudning 29 iyuldagi ajrimi bilan Qöqon şahar prokurorining iltimosnomasi qanoatlantirilib, Olimjon Haydarovga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanib, qamoqqa olinişi va tergov hibsxonasiga joylaştirilişi belgilandi.
Viloyat IIB matbuot xizmati bergan ma’lumotga köra, u 12 iyun kuni «Qöqon Istiqlol» savdo kompleksida norasmiy savdo faoliyati bilan şuğullangan tadbirkorlarning işonçiga kirgan. Fuqaro ularda norozilik kayfiyatini uyğotiş orqali savdo komplekslaridagi rekonstruksiya işlari böyiça salbiy mazmundagi maqolalarni öziga tegişli ijtimoiy tarmoq kanallariga joylaştirgan.
Qöşimça ravişda, bloger «Qöqon Istiqlol» savdo kompleksi MÇJ rasmiylaridan tovlamaçilik yöli bilan moddiy mablağ undirişga uringan. Özi tomonidan tayyorlangan «Qöqonda huquqiy demokratik boşqaruvmi yoki şar’iy boşqaruvmi?» nomli salbiy mazmundagi maqolani internet tarmoqlarida tarqatmaslik evaziga 10 ming dollarni tovlamaçilik yöli bilan talab qilgan. Bloger umumiy qiymatda 7,5 ming dollarni qölga kiritib, qöşimça 2 500 dollarni olayotgan vaqtida tezkor tadbir vakillari tomonidan qölga olingan.












