Ukrainada urushning 524-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Polsha 1 avgust kuni Belovej rayonida mamlakat hududiga belaruslarning ikki vertolyoti kirib kelganini bildirib, Belarusni havo kengligini buzishda aybladi. Varshava hodisa haqida NATOni xabardor qilgan. Belarus mudofaa vazirligi ayblovni rad etdi va Polsha shu yo‘l orqali chegarada kuch to‘playotganini oqlamoqchi ekanini taxmin qildi.
- Rossiyalik harbiylar Xersondagi shifoxonani o‘qqa tutdi. Ukraina SSV ma’lumotiga ko‘ra, bir shifokor halok bo‘lib, hamshira og‘ir yaralangan. Tibbiy xodimlardan yana to‘rt nafariga kontuziya tashxisi qo‘yilgan.
- Sevastopol yaqinida portlash ro‘y berdi. Anneksiya qilingan shaharning Rossiya ta’siri ostidagi ma’muriyati shahar hududida bitta dron urib tushirilgani haqida ma’lum qildi.
- Rossiyada bir kun ichida 10 dan ortiq harbiy komissariat binolariga o‘t qo‘yildi. Ayrim gumonlanuvchilar firibgarlar tomonidan aldanganini aytishmoqda.
- Ukraina tergovchilari Kiyev shahri va yana 10 oblastdagi harbiy komissariatlarda «xizmatdan bo‘yin tovlash bo‘yicha keng ko‘lamli sxema»ni fosh etishdi.
Moskva-Sitiga yangi zarba

Xarkiv o‘qqa tutilishi oqibatlari
1 avgustga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Xarkivni o‘qqa tutdi: shahar rahbari Igor Terexovning so‘zlariga ko‘ra





























