«Arsenal» klubi hujumçisi Gabriel Jyezus tizzasida kiçik jarrohlik amaliyoti ötkazdi va bir neça hafta muddatga safdan çiqdi.

«Afsuski, bugun tongda Jyezus kiçik tibbiy protsedurani boşdan keçirdi. U tizzasida biroz noqulaylik his qildi, şu tufayli unda muammolar paydo böldi, şundan keyin tibbiy xodimlari aralaşuvi talab etildi.

Futbolçi bir neça hafta mobaynida jamoaga yordam bera olmaydi», – deya jamoa boş murabbiyi Mikel Artetaning sözlarini keltirgan Football London.

Şu tariqa, Gabriel Jyezus 11 avgust kuni boşlanadigan Angliya Premer-ligasining yangi mavsumining ilk turlarini ötkazib yuboradi.

2 avgust kuni «Arsenal» Amirlik kubogi-2023 finalida «Monako»ga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkazdi. Öyin Londondagi «Emireyts — Eşberton Grouv» stadionida ötkazildi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi, penaltilar seriyasida «Arsenal»ning qöli ustun keldi — 5:4.

«Arsenal» bungaça mavsumoldi yiğinlari doirasida «Nyurnberg» (1:1), MLS yulduzlari (5:0, bu öyindagi gollardan biriga Jyezus mualliflik qilgan), «MYu» (0:2) va «Barselona» (5:3) jamoalari bilan örtoqlik uçraşuvlari ötkazgandi. Arteta şogirdlari 6 avgust kuni «Mançester Siti»ga qarşi Angliya Superkubogi uçun öyin ötkazadi. Jamoa APLning yangi mavsumini 12 avgust kuni «Nottinghem»ga qarşi öyin bilan boşlaydi.