Keyingi paytlarda tender savdolariga eng köp qöyilayotgan mahsulot bu quyoş panellari hisoblanadi: ijtimoiy soha obektlariga quyoş panellari sotib oliş va örnatiş uçun yuzlab tenderlar ötkazilmoqda.
Ammo köplab holatlarda ğolib deb topilgan firmalarning faoliyat turi elektr energiyasi sohasi bilan boğliq emas. Bu milliardlab sömlik quyoş panellarining örnatiliş sifati va kafolatini şubha ostiga qöyadi.
Kun.uz iyul oyida ötkazilgan, qiymati 500 mln sömdan ortiq bölgan quyoş panellari bilan boğliq şubhali tenderlarga e’tibor qaratdi.
1-holat: Bojxona instituti
Bojxona instituti 23 iyun kuni institut hududidagi binolarga quvvati 300 kW'dan kam bölmagan quyoş fotoelektr stansiyalarini örnatiş böyiça 3 mlrd söm boşlanğiç narx bilan tender e’lon qilgan. 14 iyul kuni ötkazilgan tenderda 2 mlrd 520 mln sömlik taklif bilan “Good Food Catering” MÇJ ğolib deb topilgan va u bilan şartnoma imzolangan.


Oçiq manbalarga köra, 2019 yilda taşkil etilgan “Good Food Catering” MÇJ ovqatlanişni taşkil qilişning boşqa turlari bilan şuğullanadi. Ya’ni uning faoliyat turi energetika sohasi bilan aloqador emas.

“Good Food Catering” MÇJ quyoş panellari örnatiş böyiça tajribaga ham ega bölmasligi mumkin – korxona ötgan bir yil davomida biror marta quyoş panellari örnatib beriş bilan boğliq bölgan tenderlarni qölga kiritmagan.

Bojxona instituti boşliği v.v.b. Rustam Habibov raisligida ötgan tenderda 20dan ortiq firma qatnaşgan. Ularning ayrimlari ayni şu – quyoş panellari örnatiş bilan şuğullanib kelayotgan firmalar.




















