Energetika vazirligi davlat taşkilotlari va ijtimoiy obektlarga quyoş panellarini örnatiş böyiça ötkazilgan tender natijalarini bekor qildi.

Vazirlik qariyb 2 trillion sömlik tenderni 2023 yil mart oyida e’lon qilgan edi. Savdolar 6 ta lotga bölingan holda ötkazilgan, şulardan 4 tasida Virtec Power, 2 tasida Cifra B kompaniyalari ğolib deb topilgan.

Tenderni yangi oçilgan “Yaşil energiya” MÇJ ötkazgan. Tanlov komissiyasiga energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov raislik qilgan.

Savdolarda “Virtec Power” MÇJ 10 ta hududdagi davlat va ijtimoiy obektlar uçun quyoş panellari yetkazib beriş böyiça jami 1 trln 148 mlrd sömlik buyurtmani qölga kiritgan:

  • Toşkent şahri uçun – 323 mlrd söm;
  • Toşkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Çilonzor tumani uçun – 275,8 mlrd söm;
  • Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari uçun – 272,6 mlrd söm;
  • Andijon, Farğona va Namangan viloyatlari uçun – 276,4 mlrd söm.

Virtec Power'ning 17,60 foiz uluşi “Virtec” MÇJʼga, 52,30 foizi Abidova Gözal Rixsibayevnaga va 30,10 foizi esa Abbosov Diyor Nozimoviçga tegişli. Jamiyat 1999 yilda ta’sis etilgan.

Tenderda yutgan ikkinçi kompaniya Cifra B esa quyoş panellari böyiça 729 mlrd sömlik şartnomalarni qölga kiritgan:

  • Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hamda Mirzo Uluğbek tumani uçun – 390 mlrd söm;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyati va Olmazor tumani uçun – 339 mlrd söm.

2019 yilda taşkil etilgan “Cifra B” MÇJga Omonov Ilhomjon Omonoviç (50%) va Jamoldinov Mirzohid Marufjonoviç (50%) egalik qiladi