UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Monza işlab çiqarişni yölga qöyişi mumkin.
Kompaniya rasmiy vakilining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, bu modeldagi avtomobillarni işlab çiqarişni yölga qöyiş katta investitsiyalar jalb etişni talab qiladi. Şu bilan birga, işlab çiqariş nafaqat Asakadagi avtomobil zavodini qayta jihozlaş, balki mahalliy yetkazib beruvçilar tomonidan zarur butlovçi qismlar işlab çiqarişni taşkil etişni ham taqozo etadi. Biroq Chevrolet Monza avtomobillariga talab va qiziqişning ortib borayotgani hisobiga UzAuto Motors SKD usulida işlab çiqariş imkoniyatini körib çiqmoqda.

Özbekistonda Chevrolet Monza işlab çiqarilişi haqida 2019 yilda ham xabarlar tarqalgan, öşanda bu model Chevrolet Cobalt örnini egallaşi taxmin qilingandi. Lekin öşanda “Özavtosanoat” vakillari bunday reja borligini rad etgandi.
Ma’lumot uçun, Monza – Chevrolet kompaniyasining eng arzon avtomobillaridan biri. Bu modelning yangilangan 3 ta versiyasi 2022 yilning sentabr oyida Xitoyda 13 200 dollardan 15 200 dollargaça bölgan narxlarda sotuvga çiqarilgan.

Eslatib ötamiz, 2022 yilning dekabr oyi boşida budjet modellar – Damas, Labo, Cobalt va Gentra uçun şartnoma tuziş töxtatilgandi. Bu modellarga şartnoma beriş qaçon boşlanişi haligaça noaniq bölib qolmoqda.









