Bu markaz FIFA bilan hamkorlikda taşkil etilmoqda. Hozirda 8 ming örinli stadion qurilgan. Yana 7ta maşğulot maydoni, plyaj futboli maydoni, futzal maneji, basseyn, reabilitatsiya majmuasi va yotoqxonalar qurilişi rejalaştirilgan.

Soha mutasaddilari bilan suhbatda milliy futbolimizga xorijdan malakali texnik direktor olib keliş, futbol tuzilmasini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Qoraqalpoğiston, Qaşqadaryo, Jizzax, Namangan va Toşkentda mintaqaviy bazalar taşkil qiliş, murabbiylar maktabini takomillaştiriş böyiça topşiriqlar berilgan.

Prezident yoşlar orasida futbolni yanada ommalaştiriş, ularga şaroit yaratiş masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

- Özbekistonda futbol eng sevimli sport turi. Har önta odamdan töqqiztasi uning muxlisi desa böladi. Bu ommaviylikdan foydalanib, futbolni tubdan rivojlantiriş kerak. Masalan, yurtimizda 10 mingta maktab bor, 208 ta tuman-şahar bor. Xöş, maktab, mahalla, jamoalarda futbol qanday böladi? Ikkinçidan, futbolga mehr qöygan bolalar öz yölini topişi uçun nima qilişimiz kerak? Uçinçidan, yoşlar futboldan ketgandan keyin nima bilan şuğullanadi, ularga qöşimça kasb-hunar berişni ham öylaş zarur, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari yoş futbolçilar bilan ham suhbatlaşdi.

- Xalqimizning sportga mehri kuçli. Ayniqsa, futbol «oilaviy döstimiz». Milliy terma jamoamiz öyinlarini hammamiz ğurur, faxr, hayajon bilan kuzatamiz. Sizlar oilada ota-onangizning farzandi bölganingiz bilan maydonda xalqimizning farzandisizlar. Ana şuni doim yodda tuting, - dedi Prezident.

Futbolçilarda Vatan tuyğusini şakllantiriş muhimligi ham ta’kidlandi.

- Futbolçilar dunyo kezadi, çet el jamoalarida öynaydi. Ular Özbekiston tarixini, şaroitlarini yaxşi bilişi kerak. Ular bizning elçilarimiz, bolalarga namuna, - deya davlat rahbarining sözlarini keltirgan matbuot xizmati.