Ukraina şu yilning kuzida global tinçlik sammitini taşkil etiş niyatida, dedi prezident Volodimir Zelenskiy. «Kuz kelyapti, lekin sammitga tayyorgarlik köriş va dunyoning aksariyat davlatlarini jalb qiliş uçun hali vaqt bor. Bu sizning faolligingizga boğliq», — dedi Zelenskiy 2 avgust, çorşanba kuni Ukrainaning xorijiy diplomatik muassasalari rahbarlari bilan uçraşuvda.
Ukraina prezidentining sözlariga köra, Kiyev uşbu sammitga «dunyoning köpçilik qismi» – «Şimol va Janub, Şarq va Ğarb» vakillarini yiğmoqçi. Volodimir Zelenskiy dunyoning aksariyat davlatlari va xalqlari tinçlik, xalqaro osoyiştalik va Rossiyadan tahdidlar bölmasligiga intilayotganini ta’kidladi. Sammit aynan qayerda bölişini u aytmadi. Ilgari Şveytsariya ehtimoliy joy sifatida körsatilgan edi.
Ukraina prezidenti «tinçlik formulasi»ni körsatmalardan biri deb atadi – u 2022 yil noyabrida işlab çiqilgan bölib, Rossiya bilan muzokaralar oldidan qöyilişi kerak bölgan 10 ta talabdan iborat. Bu talablar orasida jahon oziq-ovqat va yadro xavfsizligini tiklaş, şuningdek, Rossiya qöşinlarini bosib olingan hududlardan olib çiqib ketiş va asirlarni ozod qiliş bor.
Zelenskiy, şuningdek, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berişga tayyor G7 mamlakatlariga qöşilgan davlatlar röyxati kengaytirilganini ma’lum qildi. Unga köra, yettilikka yana 12 davlat – Belgiya, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Norvegiya, Niderlandiya, Portugaliya, Ruminiya, Finlandiya, Çexiya va Şvetsiya qöşilgan. Prezidentning qayd etişiça, Kiyev AQŞdan boşlab uşbu davlatlar bilan ikki tomonlama kelişuvlar ustida iş boşlamoqda.












