Ta’kidlanişiça, 2023 yil birinçi yarmida huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan harakatlaniş erkinligi çeklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan şaxslarga nisbatan ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boşqaça tarzda bosim ötkazilganligi yuzasidan ombudsmanga 125 ta şikoyat kelib tuşgan.
Şikoyatlarning 19 tasi bevosita monitoring taşriflari davomida amalga oşirilgan yakka tartibdagi qabullarda, 18 tasi “ombudsman qutisi”, 40 tasi penitensiar muassasalar ma’muriyati va mahkumlarning (mahbuslarning) yaqin qarindoşlari tomonidan poçta aloqasi xizmati orqali, 21 tasi ombudsman va uning mas’ul xodimlari tomonidan amalga oşirilgan şaxsiy qabullar, 22 tasi elektron tarzda va 5 tasi ombudsmanning “Işonç telefoni” orqali kelib tuşgan.
“Uşbu şikoyatlarning 64 foizi yuzasidan xodimlarning xatti-harakatlariga nisbatan ötkazilgan xizmat tekşiruvlari hamda prokuratura organlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekşiruv yakunlariga köra öz tasdiğini topmagan.
Şikoyatlarning 8 tasi yuzasidan Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat işi qözğatişni rad qiliş haqida qabul qilingan qarorlar ombudsmanning xatiga asosan yuqori turuvçi prokurorlar tomonidan bekor qilinib, qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlarini ötkaziş belgilangan.
Şuningdek, 37 ta şikoyat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davom etmoqda”, deya ombudsman matbuot kotibi Feruza Madrahimovadan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bundan taşqari, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan şu mazmundagi 20ga yaqin xabar ombudsman tomonidan zudlik bilan örganilgan hamda Boş prokuraturaga talabnomalar kiritilgan.
Ta’kidlanişiça, 2023 yil olti oyi mobaynida ombudsman va uning huzuridagi Jamoatçilik guruhlari tomonidan harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslar saqlanadigan joylarga 348 marotaba borgan. Xususan, bu davrda 113 ta jazoni ijro etiş koloniyasi, 81 ta tergov hibsxonasi, 43 ta vaqtinça saqlaş hibsxonasi, 31 ta narkologiya markazi filiallari, 27 ta maxsus qabulxona, 16 ta “Saxovat” va “Muruvvat” uylari, 15 ta reabilitatsiya markazi, 10 ta ruhiy-asab kasalliklari dispanseri, 8 ta içki işlar organi hamda 4 ta Mastlik holatida bölganlarga tibbiy yordam körsatiş punkti örganilgan.
Monitoring taşriflari davomida uşbu muassasalarda saqlanayotgan şaxslarning yaşaş, ovqatlaniş, mehnat qiliş hamda tibbiy yordam körsatiş holati va sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilayotgani örganilgan. Şuningdek, 7 mingga yaqin mahkum va mahbus bilan jamoaviy hamda 2 417 nafar mahkum (mahbus) bilan yakka tartibda suhbat ötkazilgan.








