2023 yil 25 iyul kuni Namangan viloyati, Uyçi tumanidagi «Gulşan» oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotining 15 nafar tarbiyalanuvçisi ovqatdan zaharlangan.
Qayd qilinişiça, bolalar sifati tez buziluvçi mahsulotni iste’mol qilişi oqibatida oşqozon-içak faoliyati funksiyasi buzilişi, ovqat toksikoinfeksiyasida gumonlanib, tuman tibbiyot birlaşmasi yuqumli kasalliklari bölimiga yotqizilgan.
Örganiş natijasida muassasa tarbiyalanuvçisi ota-onasi farzandining tuğilgan kuni munosabati bilan sifatsiz tort şirinligi olib kelgani va tarbiyaçi uni «özboşimçalik bilan bolalarga bergani» aniqlangan.
Xabarga köra, şifoxonada bolalarga zarur muolajalar körsatilgan. Öşa kuni 13 nafar bola ahvoli yaxşilangani sababli uyiga ketişi uçun ruxsat berilgan. 2 nafar bolaga esa 26 iyul kuni, butunlay soğayganidan keyin javob berilgan. Hozirda bolalarning hammasi özini soğlom his qilib, «Gulşan» oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotiga qaytgani aytilmoqda.
Namangan viloyati maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi barça davlat va nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari mas’ullariga sifati tez buziluvçi mahsulotlarni olib kirmaslik, tarbiyalanuvçilarga turli gazli içimliklarni içirmaslik, unli oziq-ovqat mahsulotlariga alohida e’tibor qaratiş böyiça ogohlantirilgani va tuşuntiriş işlari töliq olib borilganini bildirgan.












