ASUS kompaniyasining Vivobook noutbuklari bir necha yillardan beri o‘z yechimlari bilan yoshlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Kompaniya yildan yilga ta’lim va ishlash uchun tobora ko‘proq ilg‘or noutbuklarni chiqarmoqda va shu bilan ASUS muxlislariga mukammallikning chegarasi yo‘qligini eslatib turadi. 2023 yilda chiqqan Vivobook S 15 OLED bundan mustasno emas, yangilangan xususiyatlarga ega ushbu noutbuk bo‘lajak egalariga xizmat qilishga tayyor.

ASUS kompaniyasining Vivobook S 15 OLED qurilmasi talabalar va yuqori unumdorlik, zamonaviy ko‘rinishni qadrlaydigan har bir kishi uchun mo‘ljallangan, ixcham va mobil formatdagi qurilmalarning keyingi avlodidir. Materialda – talabalarga yordamchi sifatida ushbu noutbukni tanlashning asosiy afzalliklari va uning ta’lim va kundalik hayot uchun imkoniyatlari haqida so‘z boradi.
Har doim zamonaviy

VivoBook markasidagi barcha noutbuklar singari, S 15 OLED ham egasining xarakterini aks ettirish uchun moslashtirilgan. Model to‘rtta rangda taqdim etilgan – qat’iy Midnight Black, tetiklantiruvchi Cool Silver, yorqin Solar Blue va iliq Cream White. Har bir variant noutbuk dastlabki qarashdayoq hammaning e’tiborini jalb qilishga qodir.
Bundan tashqari, Vivobook S 15 OLED dizaynining o‘ziga xosligi rang bilan cheklanmaydi. Bunda ishlab chiqaruvchi tugmachalarga yorqin urg‘u bergan, korpusga kichik kontrastlar qo‘shdi va ustki qopqoqda ushbu marka logotipini kattalashtirdi va shu sababli noutbuk boshqalarga foydalanuvchining yuqori didga ega ekanligi haqida ma’lumot berib turadi.
Istalgan joydan turib ishlash uchun qulay

Jamoat transportida o‘tirgan holda, bir binodan ikkinchisiga ko‘chib o‘tayotganda, doimiy shoshilinch holatlarda – talabalar mobil bo‘lishning qanchalik muhimligini hammadan ko‘ra yaxshiroq bilishadi.
ASUS tom ma’noda talabalar hayotini osonlashtirishga intiladi. Ishlab chiqaruvchi Vivobook S 15 OLED'ni olib yurish oson va istalgan joydan turib ishlash uchun qulay qilib yaratdi. Demak, 2023 yil yangiligining og‘irligi 1,7 kg, qalinligi esa atigi 17,9 mm – foydalanuvchi uzun o‘qish kunidan keyin ham noutbukni ko‘tarib yurish sababli charchamaydi.














