Bugun, 5 avgust kuni soat 03:39 da Namangan viloyati Çortoq tuman Favqulodda vaziyatlar bölimiga «Namangan» MFY Mustaqillik şohköçasida joylaşgan Çortoq dehqon bozori hududida yonğin sodir bölayotgani haqida xabar kelib tuşgan.

Xabarga asosan zudlik bilan voqea joyiga 9 ta yonğin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, 250 kvadrat metr maydonda dökon va savdo rastalarining içki qismida bölgan mahsulotlari yonib ketgan. Tezkor harakatlar natijasida yonğin kengayib ketişining oldi olinib, 4000 kvadrat metr maydon saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq. Hozirda sodir bölgan yonğin yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.