Toşkent şahridagi 6-sonli tuğuruqxonada egizak çaqaloqlar vafot etdi. Soğliqni saqlaş vazirligi xabariga köra, bunga oğir darajadagi çalalik va boşqa asoratlar sabab bölgan.
Qayd qilinişiça, ayol egizak homiladorlikning oğir asoratli keçişi tufayli 6-sonli tuğuruq kompleksiga uç marotaba (4-11 aprel, 29 may-5 iyun va 13-17 iyun kunlari) yotqizilgan va homilaning surunkali tuşiş xavfi bilan davolangan.
Ayolda homilani saqlaş böyiça olib borilgan statsionar va ambulator muolajalarga qaramay, 22 iyun kuni törtinçi marotaba tez tibbiy yordam xizmati avtomaşinasi orqali uşbu tuğuruq muassasasiga şoşilinç ravişda keltirilgan. Unga «Homiladolik-1. Egizak. Erta tuğuruqning boşlanişi. Homila içki infeksiyasi. Kam suvlik» taşxisi qöyilgan.
22 iyun kuni ayolda erta tuğuruq kuzatilgan. Asoratli tuğuruq belgilari bilan oğir darajadagi çalalik, çuqur asfiksiya, sust yurak urişi bilan 660 gramm oğirlikdagi qiz jinsli çaqaloq tuğilgan. Şifokorlar tomonidan öz vaqtida olib borilgan yurak-öpka reanimatsiyasi muolajalari samara bermagan.
Ikkinçi qiz jinsli ölik çaqaloq 15 daqiqadan söng asoratli tuğuruq belgilari bilan oğir darajadagi çalalik, ölik homilaning baçadonda köndalang joylaşuvi, 560 gramm oğirlik körsatkiçlari bilan tuğilgan.
Bemor qarindoşlari tomonidan imzolangan tilxatda tibbiyot xodimlariga e’tiroz yöqligi va patanatomik tekşiruvga qarşiligi töğrisidagi qat’iy talabi tufayli öta kam vaznli (660 va 560 g) çaqaloqlarni patanatomik tekşiruvdan ötkaziş imkoni bölmagan.
Ayol 2023 yil 23 iyun kuni qoniqarli ahvolda şifoxonadan çiqarilgan.











