O‘zbekiston | 17:00 / 06.08.2023
9664
3 daqiqa o‘qiladi

Maxsus dastur asosida o‘quvchilarni prezident maktabiga tayyorlash yo‘lga qo‘yildi

Newton Academy o‘quv markazi maxsus mualliflik dasturi asosida o‘quvchilarni prezident maktablariga tayrlaydi. Markaz filiallari Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Buxoroda va Ozarboyjonning Boku shaharlarida faoliyat yuritadi.

Prezident maktablari ixtisoslashgan davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bu maktablar o‘quvchilarga STEM dasturi asosidagi ta’lim, xorijiy tillar va IT bo‘yicha chuqurlashtirilgan darslar, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz kirish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Darslar haftada 5 kun, o‘quvchilarga 5 mahal ovqatlanish, maxsus forma va yotoqxona qulayliklari yaratilgan. Bitiruvchilarning ingliz tili ko‘nikmalari IELTS standarti bo‘yicha kamida 7 ballga teng bo‘lishi kafolatlanadi. Bu degani, ular xorij universitetlariga kirishda sezilarli darajada imtiyozga ega bo‘lishadi. Biroq ungacha nomzodlar belgilangan 4 yo‘nalish bo‘yicha imtihondan o‘tishlari zarur.

Prezident maktablari nomzodlarni matematika, ingliz tili, mantiq va tanqidiy fikrlash bo‘yicha sinovdan o‘tkazadi. Bu yerda bolalarning odatiy boshlang‘ich ta’limda olgan bilimlari yetarli emas, chunki mantiq va tanqidiy fikrlash nomzodlardan alohida iqtidorni talab etadi.

Shu bois, bugungi kunda Prezident maktablariga kompleks tayyorlovga mo‘ljallangan o‘quv markazlari va muassasalar o‘z xizmatlarini taklif etmoqda. Ulardan biri, Newton Academy, shu kungacha 3000 dan ziyod o‘quvchilar bilan ishlab muvaffaqiyatga erishgan bo‘lib, asosiy 4 yo‘nalishdan tashqari psixologiya va dasturlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni ham o‘tkazadi. Markaz bu o‘quvchilarga imtihonga ham ruhan ham aqlan tayyor bo‘lishlarida yordam berishiga ishonadi.

Ayni damda Prezident maktablariga qabul imtihonining 1-bosqichi yakunlangan bo‘lib, respublika bo‘yicha umumiy hisobda 97 nafar, Toshkent shahri miqyosida 78 nafar Newton Academy o‘quvchilari ikkinchi bosqichga o‘tdi. Bu bir yillik tayyorgarlik natijasi ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, yakuniy bosqichda ham raqamlar taqsimoti quvonarli bo‘lishiga ishonish qiyin emas.

Newton Academy o‘quvchilarni tayyorlashda maxsus mualliflik dasturidan foydalandi, bu dasturning yaratilishida Prezident maktabi mutaxassislari ham ishtirok etishgan. Hozirda Toshkent shahrida 6 ta, Samarqand shahrida 2 ta, Buxoro va Farg‘ona shaharlari hamda Ozarboyjonning Boku shahrida 1 ta Newton Academy filiallari faoliyat yuritmoqda. O‘quvchilar 7 yoshdan qabul qilinadi va o‘rtacha tayyorgarlik muddati 10 oy.

Telefon: +998997208030

Instagram : instagram.com/newton.uz

Sayt: newton.uz

Reklama