Saudiya Arabistoni yana 8 ta davlat fuqarolari uçun podşohlikka kiriş vizasini elektron viza portali orqali oliş imkoniyatini oçdi. Uşbu davlatlar fuqarolari, şuningdek vizani Saudiya portlari yoki çegaralarida ham olişi mumkin.
Podşohlik turizm vazirligining ma’lum qilişiça, vizalar berişni kengaytiriş maqsadida oçilgan uşbu tizimdan endilikda jami 57 ta davlat fuqarolari foydalana oladi. Uşbu mamlakatlar qatoriga Albaniya, Maldiv orollari, Ozarbayjon, Gruziya, Janubiy Afrika, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston ham qöşildi.
Bu davlatlar fuqarolari vizani Saudiya Arabistoniga kiriş aeroportlari va portlaridagi çegaralariga kelganda ham rasmiylaştirib olişi mumkin.

Bunga qadar MDH mamlakatlaridan faqat Rossiya, Ukraina va Qozoğiston fuqarolarida şunday imkoniyat bor edi.
Saudiya Arabistoni E-visa'si bir yillik, köp martalik kiriş vizasi bölib, sayyohlarga mamlakatda 90 kungaça böliş imkonini beradi.
Sayyohlik vizasi bilan turli tadbirlar, sayohat va dam oliş, oila va qarindoşlar bilan mehmon sifatida taşrifi, şuningdek Umra ziyoratini amalga oşiriş mumkin.
Uşbu viza bilan Haj ziyorati qiliş mumkin emas. Şuningdek, elektron viza podşohlikda işlaş hamda yaşaş huquqini bermaydi. Elektron viza muddati tugagaç, uni yangi muddatga rasmiylaştiriş mumkin.
Ma’lumotlarga köra, viza narxi: onlayn olinsa 535 riyol (142 dollar), çegarada olinsa 480 riyol (126 dollar).
Eslatib ötamiz, Özbekiston 2023 yil 1 yanvardan boşlab Saudiya Arabistoni fuqarolari uçun qaytiş yoki uçinçi davlatga jönab ketiş çiptalarini taqdim etgan holda 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etgan edi.













