Portugaliya fuqarolik mudofaasi milliy boşqarmasi ma’lumotlariga köra, mamlakatning markaziy va janubiy qismlarida yonğinga qarşi kuraş işlari uçun mingdan ortiq öt öçiruvçi va 12 samolyot jalb etilgan.

Ayni vaqtda 800 dan ortiq öt öçiruvçi qarşi kuraşayotgan örmon yonğini şanba kuni Alenteju regionidagi Odemira munitsipalitetida boşlangan, ammo keyin janubga, Portugaliyaning asosiy sayyohlik yönalişlaridan sanalgan Algarve tomon yönalgan.

Yuqori harorat va kuçli şamol olov bilan kuraşişni qiyinlaştirmoqda, yonğin allaqaçon yetti ming gektarga yaqin maydondagi örmonlarni yöq qilgan. Duşanba kuni keçqurun Odemira osmoni qoraygan va havoga ulkan tutun buluti kötarilgan. Odemira şahri meri Helder Gerreyro vaziyat kritik darajada ekanini ma’lum qilgan.

Rasmiylarning xabarlariga köra, xavfsizlik nuqtayi nazaridan 19 kişloq, törtta sayyohlik bazasi va kemping evakuatsiya qilingan. Bir qança yöllar, jumladan Lissabon va Portuni boğlovçi A1 trassasining bir qismi yopilgan.

Köplab olimlar örmon yonğinlarini inson faoliyati hisobiga kuçaygan iqlim özgarişlari bilan boğlaşadi. 
Va Ispaniya va Portugaliyada bu yozda yonğinlar kölami odatdagi uzoq muddatli örtaça körsatkiçlardan pastroq bölsa-da, kompyuter modellari körsatişiça, kelajakda issiqlik tölqinlari çastotasi katta ehtimol bilan oşadi. Tabiiyki, zarur himoya çoralari körilmasa, örmon yonğinlari yuzaga kelişi xavfi ham ortadi.

Olimlarning baholariga köra, sanoatlaşiş davri boşlanganidan buyon Yer yuzida örtaça harorat taxminan Tselsiy böyiça 1,1 darajaga kötarilgan va yaqin kelajakda ham kötarilişda davom etadi.

Bu hafta Pireney yarimorolining katta qismida harorat +40°C dan yuqori bölişi kutilmoqda.

Duşanba kuni Santaren şahridagi meteostansiya bu yildagi eng yuqori haroratni qayd etdi – 46,4°C.

Duşanba kuni Portugaliya meteorologiya agentligi IPMA mamlakatning olti hududi, jumladan Lissabonda, jaziramaning yangi tölqini yaqinlaşayotgani munosabati bilan «qizil trevoga» e’lon qildi.

Hukumat Portugaliyaning 120 dan ortiq munitsipalitetlarda örmon yonğinlari xavfi yuqori ekanini e’lon qildi.

Yevropa örmon yonğinlari axborot tizimi sönggi kunlardagi faol örmon yonğinlari körsatilgan