O‘zbekiston | 07:43 / 11.08.2023
3451
3 daqiqa o‘qiladi

Maktab bitiruvchilari bilan harbiy poligonlarda amaliy otish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

Foto: Mudofaa vazirligi

Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkillashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari tomonidan ChQBTning moddiy-texnik jihatdan ta’minlanishi va o‘quv-moddiy bazasini barpo etish ishlarini amalga oshirish mexanizmlarini belgilab berish;
  • ChQBT fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan zaxiradagi (rezervdagi) ofitserlarga navbatdagi harbiy unvon va malaka toifasi berilishi tartibini belgilash;
  • umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablarida ChQBT fani o‘quv dasturi soatlari miqdorini ta’lim sohasida ro‘y bergan islohotlarni inobatga olgan holda yangidan belgilash;
  • ChQBT fani o‘quv-moddiy bazasi obektlarini va ChQBT sinfi jihozlari ro‘yxatini tasdiqlash;
  • mudofaa ishlari bo‘limlari va ta’lim muassasalarida o‘quv qurollarini (AK-74 o‘quv quroli, o‘quv granata va minalari, o‘quv patronlar) saqlanishi tartibini belgilash;
  • umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari bitiruvchilari (11-sinf va 2-kurs o‘g‘il bolalar) bilan harbiy poligonlarda amaliy otish mashg‘ulotlari o‘tkazilishini tashkillashtirish;
  • ChQBT fani o‘qitilishi tashkil etilishiga oid hisobot hujjatlarini yagona tartibga keltirish va ushbu yo‘nalishda mas’ul organlar orasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Qayd etilishicha, ushbu qaror loyihasini amalga oshirish uchun bir yilda jami 157,7 mlrd so‘m talab etiladi.

Jumladan, davlat budjetidan ChQBT o‘qituvchilariga malaka toifasi berilishi munosabati bilan bazaviy lavozim maoshlariga qo‘shimcha ish haqi to‘lanishi uchun  50,6 mlrd so‘m mablag‘ sarflanadi.

Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 107,1 mlrd so‘m sarflanadi, shundan:

  • 67 mlrd so‘m – ta’lim muassasalaridagi ChQBT o‘quv sinflari jihozlanishiga;
  • 12 mlrd so‘m – ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan poligonlarda o‘qotar quroldan amaliy otish mashg‘ulotlarini o‘tkazishga;
  • 28,1 mlrd so‘m – mudofaa ishlari bo‘limlaridagi qurol saqlash xonalarini Milliy gvardiya texnik qo‘riqlov punktlariga ulashga.

Mavzuga oid

E`lonlar