Bugun, 12 avgust kuni Toşkent viloyati Ohangaron tumani xalq deputatlari kengaşining navbatdan taşqari 86-sessiyasi bölib ötdi.
Viloyat hokimligi xabariga köra, sessiya işida Özbekiston prezidentining davlat maslahatçisi Ğofur Mirzayev va Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev iştirok etdi.
Kun tartibida taşkiliy masala körib çiqildi. Abdurasul Abdullayev Ohangaron tumani hokimi lavozimidan ozod etildi.
Erkin Muhiddinov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi.
E.Muhiddinov 1976 yili Andijon viloyati Andijon şahrida tuğilgan. Ma’lumoti oliy, 1997 yili Andijon iqtisodiyot boşqaruv instituti, 2000 yili Bank-moliya akademiyasi, 2007 yilda Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti oliy maktabini (Yaponiya) tamomlagan.
Erkin Muhiddinov uşbu tayinlovga qadar kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri örinbosari lavozimida işlagan.













