Iyul oyi oxirida mamlakatda davlat töntarişini amalga oşirgan Nigerdagi harbiy xunta rahbariyati hokimiyatdan ağdarilgan prezident Muhammad Bazumga nisbatan «sud jarayoni» ötkaziş niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Niger milliy televideniyesida töntariş uyuştirganlar tomonidan tuzilgan Vatan mudofaasi böyiça milliy kengaş vakili, katta polkovnik Amadu Abdraman ma’lum qildi, uning nutqidan parçalar 14 avgust, duşanbaga ötar keçasi AFP agentligi tomonidan çop etildi.
Xunta vakilining sözlariga köra, tergov Bazum hamda uning «mahalliy va xorijiy şeriklarini» «vatanga xiyonat qilgani, vakolatli milliy va xalqaro organlar oldida Niger içki va taşqi xavfsizligiga putur yetkazgani uçun» javobgarlikka tortiş uçun yetarli dalillar töplaşga muvaffaq böldi.
Xuddi şu bayonotida Abdraman, xunta Ğarbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati (EKOVAS) tomonidan töntarişdan söng Nigerga nisbatan qöyilgan sanksiyalarni qoralaşini bildirib, ularni «noqonuniy, ğayriinsoniy va kamsituvçi» deb atadi.
Vositaçilar delegatsiyasi rahbari: xunta muzokaralarga tayyor
Vatan mudofaasi böyiça milliy kengaş rahbari Abdurahmon Tçiani Niger harbiy xuntasi va EKOVAS bloki örtasidagi qarama-qarşilikni diplomatik yöl bilan hal etiş yölini körib çiqişga tayyor, dedi Nigeriyadan kelgan musulmon diniy yetakçilar delegatsiyasi rahbari şayx Bala Lau. U töntariş uyuştirganlar va EKOVAS örtasida vositaçilik qilyapti. 12 avgust kuni delegatsiya Niameyga taşrif buyurib, u yerda rejim vakillari bilan uçraşdi.
Launing sözlariga köra, Tçiani «töntariş yaxşi niyat bilan amalga oşirilgani» hamda isyonçilar «Niger va Nigeriyaga yaqinlaşib kelayotgan tahdidning oldini oliş uçun» harakat qilganini bildirgan. Xunta rahbari EKOVAS ularning pozitsiyasiga quloq solmaganini «oğriqli» deb atadi.
Şu bilan birga, isyonçilar avvalroq Nigerga borişga uringan EKOVAS delegatsiyasiga mamlakatga kirişni taqiqlagan edi. Xunta vakillari muzokaraçilar xavfsizligini ta’minlay olmasligini aytdi. Şunga qaramay, EKOVAS parlamenti isyonçilar bilan uçraşiş uçun yangi vositaçilar delegatsiyasini şakllantirişga çaqirdi.
Isyonçilar harbiy aralaşuv yuz beradigan bölsa, prezident öldirilişini ma’lum qildi
Avgust oyi boşida, AR axborot agentligiga köra, isyonçilar mamlakatdagi vaziyatga harbiy aralaşuv yuz beradigan bölsa, Muhammad Bazumni öldirişlarini aytgan. Bu - EKOVASga a’zo mamlakatlarning Nigerda konstitutsiyaviy tartibni va demokratik yöl bilan saylangan prezident hokimiyatini tiklaş uçun qöşin yuboriş töğrisidagi tahdidlariga javob böldi.













