Qayd etilişiça, ular orasida ikki bola bor: 5 yoşli qiz va 10 yoşli öğil bola.
Mash ma’lumotiga köra, bir nafar Özbekiston fuqarosi halok bölgan. U 1990 yilda tuğilgan N.R. ekani aytiladi.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bu borada hozirça rasmiy ma’lumot e’lon qilgani yöq.
Doğiston respublikasi markazi Maxaçqal’a şahrida yonilği quyiş şoxobçasida yuz bergan kuçli portlaş oqibatida kamida 35 kişi halok böldi.
Shot Telegram-kanali FVVdagi manbasiga tayanib yozişiça, portlaş tölqini tufayli yonayotgan yonilği alanga içida qolgan avtoservisni köriş uçun kelgan va undan 50 metr radiusda bölgan odamlarga yopirilgan. Mash Telegram-kanali mahalliy aholiga tayanib, portlaş oqibatida odamlar bölgan avtobus butunlay yonib ketganini da’vo qilmoqda.
Maş’ning yozişiça, yonilği quyiş şoxobçasi hududida birorta ham öt öçiriş gidranti işlamagan, yonğinni öçiriş uçun suv qöşni hududlardan olib kelingan, jabrlanganlar mahalliy aholi tomonidan şifoxonalarga yetkazilgan.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, jabrlanganlarning bir qismi keyin boşqa tibbiyot muassasalariga ötkazilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ahvoli öta oğir bemorlarni Moskvaga olib boriş uçun Maxaçqal’aga maxsus samolyot yubordi.











