Federal tergovlar byurosining (FTB) Nyu-Yorkdagi kontrrazvedka bölimi sobiq rahbari Çarlz Makgonigal sudda iste’foga çiqqanidan söng rossiyalik oligarx Oleg Deripaska uçun işlaganini va AQŞning tadbirkorga nisbatan joriy qilgan sanksiyalarini bekor qiliş uçun til biriktirganini tan oldi.
15 avgust, seşanba kuni Nyu-York federal sudida bölib ötgan yiğilişda sobiq agent öz qilmişidan «qattiq puşaymon» ekanini aytdi. Uning sözlariga köra, u Deripaskaning biznesdagi raqibi, «Nornikel» prezidenti Vladimir Potaninga nisbatan kompromat töplagan. Makgoningal 2021 yilda uşbu xizmatlar uçun 17 000 dollar olganini da’vo qildi. Sobiq agentning sözlariga köra, u töplagan ma’lumotlardan «oxir-oqibat Potaninni AQŞ sanksiyalari röyxatiga kiritişga urinişda foydalaniş mumkin edi».
Tergov ma’lumotlariga köra, Makgonigal şu tariqa Deripaskaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilişga erişmoqçi bölgan. 2021 yilda amerikalik va uning bir qança şeriklari Deripaska biznes raqibining yarim milliard dollarlik yaşirin aktivlarini aniqlaşga yordam beradigan fayllar uçun 650 ming dollardan 3 million dollargaça mukofot puli haqida muzokaralar olib borgan, dedi AQŞ prokurori yordamçisi Rebekka Bell.
Oleg Deripaskaga qarşi sanksiyalar
Vaşington 2018 yilda rossiyalik oligarxni RF rasmiylari manfaatlarini himoya qilişda, yuqori martabali rasmiy şaxslar aktivlariga egalik qilişda va pullarini yuvişda ayblab, Deripaskaga nisbatan sanksiyalar kiritgan edi. Deripaska AQŞdagi saylovlarga aralaşganlikda ham gumon qilingan.
2022 yil sentabrida AQŞ Adliya vazirligi Deripaskani sanksiyalar rejimini buzganlikda aybladi, bu jinoiy jinoyat hisoblanadi. Ayblovga köra, oligarx AQŞdagi mulkdan foydalangan, uning ayoli esa ikki marta farzandlarini dunyoga keltiriş uçun AQŞga kelgan.
Oleg Deripaska - Rossiyadagi eng boy odamlardan biri. Forbes jurnali uning boyligini 2,5 milliard dollarga baholagan. Deripaska unga qarşi kiritilgan sanksiyalardan körilgan zararni 7,5 milliard dollarga baholagan. U öziga qöyilgan ayblovlarni rad etdi va sudda AQŞ sanksiyalari röyxatiga kiritilişiga qarşi çiqdi.












