Tergovçilar Maxaçqal’ada 35 kişining hayotiga zomin bölgan portlaş joyini dastlabki tekşirişni yakunladi. Bu haqda 15 avgust, seşanba kuni Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi (TQ) ma’lum qildi. Voqeaning bir neçta versiyasi körib çiqilmoqda, jumladan, «yonğin xavfli xususiyatlarga ega bölgan agrokimyoviy moddalarni saqlaş qoidalarini buziş», deya ma’lum qildi TQ.
Tergov ma’lumotlariga köra, yonğin avtoservis binosida avtomobillarga texnik xizmat körsatiş vaqtida boşlangan. «Yonğin yaqin atrofdagi binoga tarqalgan. U yerda, dastlabki ma’lumotlarga köra, tez alangalanuvçi öğit saqlangan, natijada portlaş sodir bölgan. Hodisa natijasida odamlar halok bölgan va jarohatlangan, yaqin atrofdagi binolar, yonilği quyiş şoxobçasi, ötiş joylari, avtomobillarga zarar yetgan», — deyiladi Tergov qömitasi xabarida.
Ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq şaxsning ölimiga sabab bölgan iste’molçilar hayoti yoki soğliği xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmatlar körsatiş moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Tergov qömitasining qöşimça qilişiça, portlaş sabablari böyiça yakuniy xulosalar tergov harakatlari va tayinlangan ekspertiza natijalari asosida çiqariladi.
100 dan ortiq odam jarohatlangan
Maxaçqal’a şimolidagi Qumtorkalin tumanida 14 avgust kuni sodir bölgan kuçli portlaş natijasida 35 kişi, jumladan, uç nafar bola halok böldi. Jarohatlanganlar soni 102 kişiga yetdi. Doğistonda 15 avgust motam kuni deb e’lon qilindi.











