AQŞning Havayi ştatida sodir bölgan halokatli yonğin 100 dan ortiq odamlarning hayotiga zomin böldi. 850 gektardan ortiq maydon yonib ketişiga sabab bölgan yonğin jiddiy örganilmoqda.

Ekspertlar ştatdagi eng yirik elektrokompaniya bölmiş Hawaiian Electric'ni yonğin işi doirasida suriştiradigan böldi. Köpçilik yonğin bunçalik keng hududga tarqalib ketganida aynan uşbu kompaniyani ayblay boşladi.

Kompaniya örmon yonğinlari vaqtida qançalik töğri harakat qilgani köpçilikda savol tuğdirmoqda. Laxaynalik köplab fuqarolar Hawaiian Electric ustidan sudga murojaat qilgan. Advokatlar kompaniya örnatgan elektrojihozlar kuçli şamollarga doş beradigan darajada mustahkam bölmaganini iddao qilmoqda. Şuningdek, ularning fikriça, kuçli şamol vaqtida elektr ta’minotini öçirmagani ham kompaniyaning aybi bölgan.

Kaliforniyada oxirgi 20 yilda sodir bölgan ofatlarni örgangan ekspertlar ham Hawaiian Electric faoliyatida kamçiliklar borligini aniqlagan. Reuters'ga köra, uşbu ayblovlar fonida Hawaiian Electric aksiyalari 40 foizga arzonlab, oxirgi 13 yildagi minimum qiymatgaça tuşgan. Hozirda energokompaniyaning bir dona qimmatli qoğozi 18,70 dollarga baholanmoqda va bu 2010 yildan buyon eng arzon narx.