Odiljon Qosimoviç Ataullayev Xalq deputatlari Yangiyöl tumani kengaşining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Odiljon Ataullayev 1980 yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tuğilgan. Ma’lumoti oliy. 2008 yil Andijon davlat universitetini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar Nurafşon şahri kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi rahbari vazifasida işlab kelayotgandi.
Yangiyöl tumaniga 2020 yil fevralidan buyon rahbarlik qilib kelgan Uluğbek Yalgaşev 2023 yil avgust oyi boşida prezidentning Toşkent viloyatiga taşrifi vaqtida ötkazilgan videoselektorda işdan olingandi.
Xalq deputatlari Yangiyöl tumani kengaşining 17 avgustdagi navbatdan taşqari sessiyasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev qatnaşib, hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirişga doir dolzarb masalalarga töxtaldi. Xususan, tumanda 7900 nafar işsiz aholi borligi, 12 ming aholi xorijda migrant ekani qayd etildi.
Hokim nutqi davomida tuman hokimining birinçi örinbosarini (Erali Abdurasulov)ni lavozimiga loyiq emas, deb hisoblaşini bildirib, vazifasidan ozod qilişni tavsiya etdi.
«Yangiyöl tumani hokimligida örinbosarlarni paypoqdek almaştiriş urfga kirgan. Ikki yilda 7 ta quriliş böyiça örinbosar almaşdi. Biroq quriliş sohasi şu bilan tartibga tuşmadi. Bu juda oğriqli holat», dedi Mirzayev.
Uning qayd etişiça, maktabgaça ta’limga bolalar qamrovi böyiça tuman viloyatda oxirgi örinda bormoqda. Şuningdek, tuman ğalladan böşagan yerlarni yoqib yuboriş böyiça eng oldinda ekani (171 gektar), hosildorlik ham rejadagidan pastligi körsatib ötildi.











