Kompaniya rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda smartfonni yostiq ostiga yoki krovat yonida qöyiş va ayniqsa bunday holatda quvvatlaşdan saqlaniş tavsiya qilingan. Şuningdek, qurilmani imkon qadar havo aylanadigan xonada, ğilofini olib qöygan holda quvvatlaş ma’qulligi ta’kidlangan.
Xabarda aytilişiça, bunday çoralarga amal qilmaslik telefon qizib ketişiga, tok urişiga va boşqa salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin. «iPhone'ga ehtiyotkorlik bilan muomalada böling. Qurilma metall, plastik va şişadan yasalgan, içida sezgir elektron komponentlar bor. Qurilma va uning akkumulyatori tuşib ketsa, ezilsa yoki suyuqlik tuşsa, zararlanişi mumkin. Agar akkumulyator zararlanganini sezsangiz, iPhone'ni işlatmay turing, bu qurilma haddan taşqari qizib ketişiga olib keladi», deyiladi kompaniya bayonotida.
Şuningdek, kompaniya iPhone buzilgan taqdirda faqat mutaxassisga va imkon qadar Apple servisga murojaat qilişni söragan.













