Vazirlar Mahkamasining «Vazirlik va idoralarning içki audit xizmatlari faoliyatini baholaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori qabul qilindi.
Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- içki audit xizmati faoliyatini baholaş;
- baholaş natijalarini rasmiylaştiriş va içki audit xizmati faoliyatini takomillaştiriş;
- baholaş natijalarini monitoring qiliş ularni jamoatçilikka e’lon qiliş.
Içki audit xizmatini baholaş Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan rejali va rejadan taşqari tartibda amalga oşiriladi.
Rejali baholaş xavf tahlili asosida işlab çiqilgan va tasdiqlangan jadvalga asosan ötkaziladi.
Har yili 1 martga qadar tasdiqlangan jadval vazirlik saytida e’lon qilinadi.
Rejadan taşqari baholaş quyidagi holatlarda ötkaziladi:
- aynan davlat organining murojaatiga asosan;
- taqdim etilgan çoraklik hisobotlarni örganiş natijasida qöşimça xavflar aniqlanganda.
Nizom bilan baholaş mezonlari va savolnoma şakli ham tasdiqlanmoqda.












