Hindistonlik 18 yoşli grossmeyster Rameşbabu Pragnanandxa yoşlar örtasida 3 karra jahon çempioni sanaladi. U 2016 yil xalqaro masterga aylanib, bunday natijaga erişgan eng yoş groysmeysterga aylandi. Öşanda u atigi 10 yoşda edi.
Rameşbabuning opasi Vayşali ham xalqaro darajada master sanaladi.
Opa-uka şaxmatçilarning, ayniqsa, Rameşbabuning şu darajaga kelişida onasi Nagalakşmining xizmatlari katta. Ona hayotini öğliga bağişlagan. Bolakay poliomiyelit (asosan 5 yoşgaça bolalarda kuzatiladi. Har 200 kasalning birida falaj rivojlanadi va nafas oliş qiyinlaşib, ölim holati ham böladi) kasalligiga çalinganda onasi uni doimiy nazorat qilib turgan va tuzalişiga yordam bergan.

Nagalakşmi hozirgaça har qanday turnirga farzandlari bilan birga boradi va hattoki 5-6 soatlik partiyalarni ham tik oyoqda hayajon bilan kuzatadi. Farzandidan intervyu olişayotganda onaning faxr tuyğusi bilan qarab turişini körib etingiz jimirlaydi.
Şu kunlarda Rameşbabu Bokudagi jahon çempionatida muvaffaqiyatli qatnaşmoqda va yarimfinalgaça yetib keldi. U final yöllanmasi uçun amerikalik Fabiano Karuanaga qarşi dona suradi.











