Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy rasmiy taşrif bilan Şvetsiyaga bordi. Unga rafiqasi Olena Zelenskaya hamrohlik qilmoqda.
Taşrif davomida Şvetsiya boş vaziri Ulf Kristersson, qirol Karl IV, qiroliça Silviya, parlament spikeri Andreas Norlen hamda parlament partiyalari vakillari bilan uçraşuvlar ötkaziş közda tutilgan.
«Ukraina va Şvetsiya örtasida keng qamrovli muzokaralar ötkaziladi. Şvetsiyaga ozodlik va mustaqilligimiz uçun kuraşda körsatayotgan katta yordami uçun şaxsan minnatdorlik bildirmoqçiman. Birgalikdagi harakatlarimiz yordamida birlamçi vazifamiz ukrain harbiylarining yerdagi va havodagi mahoratini oşirişdir.
Biz Şvetsiyaning NATOga kirişini qat’iy qöllab-quvvatlaymiz. Umid qilaman, birgalikda mintaqadagi xavfsizlikka öz hissamizni qöşa olamiz», deb yozdi Zelenskiy taşrifdan oldin.
Kun davomida Zelenskiy Şvetsiya boş vaziri Ulf Kristersson bilan muzokaralar ötkazdi. Tomonlar asosan harbiy hamkorlikni, xususan, CV-90 harbiy maşinalarini Ukrainada işlab çiqarişni muhokama qilgan.
«Yigitlarimiz bu maşinalardan jang maydonida faol foydalanişmoqda. CV-90 maşinalarini Ukrainada işlab çiqariş masalasini ham muhokama qildik», degan Zelenskiy.












