Smartfonning notöğri işlaşi uning akkumulyatorida yonğin çiqişiga olib kelişi mumkin. Bu haqda Mobile Research Group tahlilçisi Eldor Murtazin gapirib berdi.

«Rossiyada şunga öxşaş hodisalar oyiga ön martagaça qayd etiladi, boşqa mamlakatlarda ham statistika şunga öxşaş», dedi u.

Mutaxassisning ta’kidlaşiça, smartfon yonib ketişining eng köp uçraydigan ikkita sababidan biri bu qurilmaning qöldan tez-tez tuşib ketişi oqibatida akkumulyator qobiğining şikastlanişidir.

«Ikkinçi sabab — sifatsiz zaryadlovçi yoki sifatsiz pauerbankdan foydalaniş, ular telefon «kötara olmaydigan» yuqori quvvatni berib yuborişi mumkin», deb qöşimça qildi Murtazin.

Şuningdek, agar smartfon quyoş nurlari ostida qoldirilsa, batareya qizib ketişi va işdan çiqişi mumkin, deb davom ettirdi u.

«Agar batareya şişib, korpusdan çiqib qolayotganini körsangiz, bunday smartfondan foydalanmang. Bu xavfli, istalgan vaqtda smartfon yonib ketişi va kuydirişi mumkin», dedi Murtazin.

Biroq, aksariyat hollarda, smartfonlar yonmaydi, balki, tutab turadi, deb tuşuntirdi ekspert.

«Olovlaniş juda kamdan kam hollarda sodir böladi, buning uçun havo nam bölişi yoki qurilma suvga tuşişi va batareya qobiği yorilişi kerak», dedi Murtazin.

Uning sözlariga köra, batareyani muntazam ravişda almaştirib turiş kerak.

«Batareya tözib ketadigan narsadir, uni har ikki-uç yilda bir marta almaştiriş kerak. Smartfon yomonroq işlay boşlaganini, quvvatni uşlab turiş qobiliyati pasayganini sezsangiz, batareyani almaştiring», deb maslahat berdi Murtazin.