«Manzil» loyihasining bu galgi sayohati Toşkent viloyati hududida joylaşgan Çotqol davlat biosfera qöriqxonasi böldi.
Qöriqxona hududiga Parkent tumani orqali kiriladi. Bu hududda diqqatga sazovor obektlardan biri — Özbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi S. Azimov nomidagi «Fizika — Quyoş» materialşunoslik institutining «Katta Quyoş peçi» joylaşgan. Bu binoga öxşaş inşoot dunyo davlatlaridan faqat Fransiyada mavjud.
Qöriqxonaga yöl olarkanmiz, 20 km atrofida maşinada yöl yurib borib, qolgan 80 km yölga otda harakatni boşladik. Yölda Oqsoqota soyining şarşarasini tomoşa qildik. Soy böyida tuşlik, odamni qörquvga soladigan tik qoyali yölakdan yuriş, yöl maşaqqatini çekib manzilga yetib bordik.
Qöriqxona hududiga kirib kelişingiz bilan oldingizda inson aralaşuvisiz, tegilmagan, öz özligiça saqlanib turgan tabiat namoyon böladi. Oqqayin, baqaterak, turli xil arçalar, odam böyi barobarda ösib yotgan ösimliklar odamni öziga mahliyo qilib qöyadi. Bularning barini körsatuv orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uzʼning «Manzil» loyihasi uçun maxsus












