Botlar kim yoki nima: ular ijtimoiy tarmoqlarda qanday iş olib borişadi?
|02:49 / 24.08.202338 81910 min
Bugungi kunda «bot» deganda ma’lum bir siyosiy pozitsiyani ilgari suruvçi inson tuşuniladigan bölib qolgan. Biroq «bot» - «robot» sözidan qisqartma ekanini köpçilik bilmasa kerak. Tarixan avtomatik u yoki bu funksiyani bajaruvçi dastur internetda şunday atab kelingan.
Eng oddiy misollar: Telegramdagi çat-bot sizga kerakli ma’lumotni topib beradi; Google’ning qidiruvçi roboti saytlarni kuzatadi — şu sababli biz öz sörovimizga köra kerakli sahifani topa olamiz.
Şunday fursatlar ham böladiki, botlardan nojöya maqsadlarda ham foydalaniladi va bu albatta siyosat bilan boğliq bölmasligi ham mumkin. Aytaylik, obunaçalarni yiğiş, layklar va ijtimoiy tarmoqlardagi körişlar sonini köpaytiriş, saytga trafikni oşiriş — bular asosan botlarning işi.
Masalan, reklamadan pul işlaş uçun Twitch öyin strimingida firibgarlar virtual tomoşabinlar, hattoki çatning virtual a’zolarini ham yaratişadi. Ba’zan bunaqa sxemalarda qöl bilan boşqariluvçi botlardan foydalaniladi. Masalan, önlab arzon qurilmalariga Instagram örnatilgan odamni tasavvur qiling. U buyurtmaga köra layklar sonini oşirib beradi.
Şu sababli bot-inson va haqiqiy robot örtasidagi farq juda kam. Agar biror harakat uçun odamlarni yollaş kerak bölsa, hozir buni osongina amalga oşiriş mumkin. Maoş evaziga yollanma odamlarni e’tiroz bildirayotgan olomonga aylantiriş yoki kimnidir maqtaş uçun yollaşda hattoki internet ham şartmas. Şuning uçun astroturfing böyiça mutaxassislar zamonaviy bot fermalarining ajdodi deb sanaladi.
«Astroturfing» iborasi ilk marta 1985 yilda paydo bölgan. U AstroTurf deb nomlanuvçi sun’iy öt işlab çiqaruvçi firma nomiga qöyilgan. Uning boş ğoyasi pastki qatlamdagi (inglizçada bu grassroots, ya’ni «ötning ildizi» deb ataladi) jamoatçilik taşabbusining taassurotlarini sun’iy yaratib, siyosatçilarga ta’sir ötkaziş bölgan. Astroturfing jamoatçilik bosimi tuşunçasi bilan öynaşişi sababli u demokratik davlatlarda keng tarqalgan; qayerlardadir u taqiqlangan va firibgarlik sxemasi sanaladi.
Internetgaça bölgan davrda astroturfing sun’iy yaratilgan assotsiatsiyalar, «aktivistlar»ning murojaatlari, matbuotda pul evaziga çop etiladigan materiallarga asoslangan. Hozir ular bot fermalarning feyk akkauntlar, bloglar, kelişib olib şarh yoziş kabi butun vositalaridan foydalanişmoqda.
Diktaturalar trollar armiyasi va bot fermalaridan faol foydalanişadi. Bu yerlarda pulga işlovçi komment yozuvçilar foş etilgan taqdirda ham saylov jarayoniga ta’sir ötkazişi xavfi juda kam. Avtokratlar jamoatçilik muhabbatidan muxolifatga qarşi qurol sifatida ham foydalanişadi.
Internetda botlar yordamida jamoatçilik fikri şakllantirilişiga qaçondan boşlab kirişilgani aniq emas. «Bot» iborasining özini ham insonlarga nisbatan darhol qöllay boşlaşmagan.
Mavzuga oid
Bu işga eng birinçi bölib Xitoy qöl urgan, deb taxmin qilinadi. U yerda hukumatparast trollar nolinçi yillar örtalarida sezilarli tarzda urçiy boşlagan. Ğarbda ularni «50 sentlik partiya» deb ataşgan — har bir kommenti uçun tölanadigan yarim yuan tufayli. Aytişlariça, hozir «partiya» a’zolarining soni 300 mingdan oşgan va ulardan bir qismi işi uçun pul olmasligini ta’kidlaydi.
Boşqa tomondan, nahotki metodiçka böyiça işlovçi insonlar jamoatçilik fikriga ta’sir ötkaza olsa, degan savol tuğiladi.
Botlar kimnidir nimagadir işontira oladimi özi?
Işontirganda qandoq! Yaqqol misol — internet dökonlarda sotiladigan mahsulotlar ostidagi feyk şarhlar. Jahon iqtisodiy forumining ança konservativ bahosiga köra, 2021 yilda mana şunday yolğondakam şarhlar tufayli butun dunyodagi iste’molçilar 152 milliard dollarlik tovarlar va xizmatlarni xarid qilişgan.
Siyosiy maqsadlarga erişişda ham ahvol şunaqa. 2017 yilda Oksford universiteti jahonning 28 davlatini qamrab olgan kiberqöşinlar va trollarning auditini çop etgan. Tadqiqotçilar aniqlaşiça, ijtimoiy media bilan manipulyatsiya qiliş — keng tarqalgan siyosiy amaliyot bölib, uni qöllayotgan rejimga boğliq.
Avtokratiyalar köpinça öz aholisiga yönaltirilgan kampaniyalarni ötkazişgan. Juda kam qismi xorijliklar bilan işlaşgan. Demokratlar esa, aksinça, ijtimoiy tarmoqdagi kampaniyalardan xorijliklarga ta’sir ötkaziş uçun foydalanişgan. Öz fuqarolarini hukumat emas, siyosiy partiyalar «allalaşgan».
Işonç-e’tiqod haqida gapirilsa, Filippin bu borada etalon misol böla oladi. Aynan şu yerda inflyuenserlar va trollar armiyasi 2016 yilda avtoritar populist Rodrigo Dutertega prezidentlik saylovida ğalaba qozonişga kömaklaşib yuborgan. Internetdagi kommentçilarni yollaganini uning özi ham rad etmagan.
Koşki hammasi saylov bilan tugagan bölsa. Ingliz tilida sözlaşuvçi Filippin yuzlab bot fermalarining vataniga aylangan. Oradan bir neça yil ötib, ular mamlakat taşqarisidagi har qanday buyurtmaçiga öz xizmatlarini taklif qila boşlaşgan. Şu sababli Facebook kompaniyasining saylovga nisbatan ommaviy siyosati uçun mas’ul vakili aynan Filippinni «Global dezinformatsiya epidemiyasidagi nolinçi patsiyent» deb atagan.
Troll va botlardan siyosatçini hokimiyat tepasiga keltiriş uçun kimnidir nimagadir işontiriş doim ham talab qilinmaydi. Ba’zan şunçaki çalkaştiriş, aldaş yoki yöldan uriş kifoya.
Nolinçi yillarda Rossiyada propaganda feyklarini tarqatiş uçun «yolğon brandspoyti» sxemasidan foydalanilgan. Uning mohiyati işonçli ma’lumotni yaşiriş emas, haqiqatni ataylab izçil bölmagan va ötaketgan va haqiqatdan yiroq yolğon axborotlar ummonida çöktirib yuborişdan iborat bölgan. Informatsion xaos tufayli faktlar, miş-mişlar, uydirma va ğirt yolğonni farqlab bölmay qoladi — barça versiyalar qanaqadir «loyqalangan» va kimdir tomonidan «puli tölangan»dek köriniş oladi.
Botlar — ana şunday «loyqa» versiyalarni yetkaziş uçun eng yaxşi vosita.
Balkim ular bot emasdir?
Bölişi mumkin. Foydalanuvçi özi bilan bahslaşayotgan insonning motivlariga heç qaçon amin böla olmaydi — köpinça unga ğazabli va ğarazli maqsadni yopiştiradi. Bu çindan ham samimiy nuqtayi nazar ekanligini tekşiriş köpinça imkonsiz. Ayniqsa, odam öz hamfikrlari bilan köp suhbatlaşgan bölsa.
Ijtimoiy tarmoqlarda bizning özimiz, şuningdek, algoritmlar yordamida lentamizni şunday qurib olamizki, har birimiz öz informatsion pufagimiz içida qolib ketamiz. Qaçonki bizning ruxsat etilgan pufagimizdan taşqaridagi fikrga duç kelib qolsak — bu şokka sabab böladi. Bunday fikr bildirayotganlarni bot (ya’ni, aslida u bunday fikrda emas, buyurtmani bajaryapti) deb hisoblaş — bu bizning himoya reaksiyamiz. Axir odam özini «normal» deb hisoblaşni va atrofidagi insonlar ham «normal» ekaniga işonişni istaydi.
Pandemiya va ayniqsa uruş köplab hollarda fikrni qöllamaydigan insonlar bilan muloqotni imkonsiz darajaga çiqarib qöydi.
Boşqaça fikrdagi inson bilan töqnaş kelişda his qilinadigan şok — hayotimizga ijtimoiy tarmoqlar yoki Ukrainadagi uruş olib kirgan qandaydir narsa emas. Bunga öxşaş narsa internet hali ommalaşmagan, kiçik hamjamiyatlar hamfikrlardan iborat paytlarda ham röy bergan.
Rossiyadagi veb-brigadalar töğrisidagi dastlabki tadqiqot «Katta oğaning virtual közi» 2003 yilda çiqqan. Unda ta’kidlanişiça, 1998-1999 yillardagi forumlarda Rossiyada demokratik va liberal e’tiqoddagi insonlar köpçilikni taşkil etgan. Nolinçi yillar boşidan barça çiqişlarning 60–80 foizini «totalitar fikrlar» taşkil eta boşlagan, bu botlar brigadasi harakatga kelganidan dalolat, deyilardi.
Hozir, oradan 20 yil ötgaç Rossiya internetining dastlabki foydalanuvçilari veb-brigadalar emas informatsion şokka röpara kelganining ehtimoli kattaligi aytilmoqda. 90-yillarda Rossiyada oddiy internet foydalanuvçisi oddiy rossiyalikdan keskin farq qilardi: u yoşroq, boyroq, bilimliroq, öşa payt uçun ekzotik hisoblangan kasb egasi (tizim administratori yoki piarçi) bölgan. U albatta liberal yoki ğarbparast bölmagan bölişi mumkin — biroq buning ehtimoli mamlakat böyiça örtaça olinganidan yuqoriroq bölgan.
Ayni paytda qandaydir alohida «internet foydalanuvçilari» yöq, xuddi alohida bir «kiyim kiyuvçilar» yöqligi singari. Bu 2003–2005 yillarda boşlangan, keng polosali internet avval uylarda, nolinçi yillar oxirlarida esa telefonlarda paydo böla boşlagaç. Endilikda oddiy rossiyalik internetda ham oddiy rossiyalik.
Kreml öşanda televideniyeni jilovlaşga ulgurgan edi. Keyin ma’lum böldiki, uning yonida butunlay boşqa, nazorat ostida bölmagan axborot makoni ösib çiqqan. Tez orada u yerdagi xalq soni televizor qarşisidagi odamlar soni bilan tenglaşdi.
«Içkaridan» bu qandaydir tajovuzdek körinardi. Aynan öşa paytlarda «Odam işlayapti, uni tuşuniş kerak», degan mem paydo bölgan edi, ya’ni u bu gaplarni çin könglidan emas, pul olib yozyapti degan ma’noda. Hozir şu emotsiya löndagina körinişga ega: «Axir bu bot-ku?!»
Öşanda ham, hozir ham bu ta’kidlar asosga ega emas, deb aytib bölmaydi. Siyosatşunos Stanislav Belkovskiy kam sonli «maxsus öqitilgan brigada» 2000–2001 yillardayoq paydo bölganini aytgan edi. Lekin u bu gapni 2009 yilda — kremplparast botlar va internet-OAV oddiy holga aylangan paytda gapirgan.
2005 yildan boşlab ular yordamida Rossiya hukumati Ukrainadagi inqilobdan söng «zarğaldoq tahdid»ga qarşi turişgan. Ularga dastlabki trollar fabrikasi va hukumatparast saytlarni qurişda 90-yillar oxirlaridagi internet-tadbirkorlar yordam berişgan.
2023 yilga kelib pudratçilarning texnik jihozlanganligi va tarkibi özgardi. Biroq «axir u bot-ku?!» degan himoya reaksiyasi hamon öşa-öşa.