Ijtimoiy tarmoqlarda xabar va yangiliklar ostida bildirilayotgan fikrlar mediada trendlarni belgilab, xabarlar tasmasini yaratmoqda. Lekin bugun yozilayotgan har bir izoh va munosabatni ham haqiqiy, şaxsiy fikr deb bölmaydi.
Kun.uz tarmoqlardagi soxta «kommentatorlar» va trollar haqida suhbat ötkazdi. Unda qatnaşganlar fikriça, bir hovuç odamlarning yozgani butun Özbekiston jamoatçiligi qaraşi deb talqin qilinişi — notöğri. Trollar esa omma fikrini buriş, boşqarişga xizmat qilmoqda.
Sotsial tarmoqlar, odamlararo muloqot platformalari borgan sari rivojlanib, jamiyatda odamlarning fikrini boşqaruvçi rolga ega bölmoqda. Bugun Özbekistonda ijtimoiy tarmoqlarga yaxşi biznes makoni va jamoatçilik fikri namoyon böladigan joy deb qaraladi. Media ham, bloger va jurnalistlar ham kun xabarlari tasmasini albatta közdan keçiradi, trendlar bilan hisoblaşadi. Material va postlar ostidagi izohlar esa şu blog yoki sahifaning faolligini oşiriş vositasi. Bundan taşqari, izohlar bilan ham muallif, kontent yaratuvçi ma’lum ma’noda hisoblaşadi.
Biroq ana şu «komment»lar bugun jamoatçilik fikri, deya baholanmoqda. Kun.uz bilan suhbatlaşgan ikki ekspert fikriça, postlar ostidagi 2-3 ming fikrlar butun Özbekiston aholisi qaraşini ifodalamaydi. Bundan taşqari, yozilgan izohlarning hammasini ham real tarmoq foydalanuvçilari yozayotgani yöq. Trollar va trolling guruhlarini deb izohlar borgan sari soxtalaşib bormoqda.
ÖzJOKU rektori, professor Şerzodxon Qudratxöja fikriça bu közga körinmas, lekin jiddiy xavf. Dunyoda mustaqil jurnalistika yöq, mikrofon kötargan kimki bor, manfaati uçun çiqadi, deydi u.
«Bizning şunday xavf kirib kelganini mensimaslikka, tan olmaslikka haqqimiz yöq. Odamlar material yoki postlarni körmaydi, lekin izoh yozadi. Çunki axborotni qabul qilişda muammolar bor. Biz boşlovçilarga işonmaylik, dunyoda mustaqil jurnalistika yöq. Kimki çiqib mikrofonda gapiryaptimi, uning manfaati bor.
Töğri, har kim qanday bölmasin fikrini bildiriş huquqiga ega, absurd bölsa ham. Lekin kimni eşitayotganimizga ham e’tibor beraylik. Muhokamada haqorat qiliş, onasini sökiş, uning oilasini gapiriş – konstitutsiya, şaxs daxlsizligini buziş. Buning uçun jazolanişi kerak. Men rektor bölib turib, OAV himoyaçisi bölsam ham, tuhmat qilgan boşlovçi-yu şarhlovçilarni jazolaş tarafdoriman» – Şerzodxon Qudratxöja, ÖzJOKU rektori, professor
Inson huquqlari faoli, «Ezgulik» jamiyati raisi – Abdurahmon Taşanov fikriça bugun sotsial platformalardagi trolling faollar va jamiyat hayotiga befarq bölmay, öz tanqidiy fikrlarini emin-erkin bayon qiluvçilarni sazoyi qiliş kampaniyasiga aylanib ketgan. Anonim foydalanuvçilar, botlar orqali anonim «komment»lar qoldirilmoqda. Ayniqsa faollar nimanidir gapirib çiqsa, ularning şaxsiyati, oilasiga yopişib, «kommentlar hujumi» uyuştirilmoqda, deydi Taşanov. Uning qöşimça qilişiça, bundan manfaatdor kuçlar trollingni jilovlaşga yöl qöymayapti.










