Xorvatiyalik tadqiqotçilar Axborot barqarorligi markazi (CIR) bilan hamkorlikda Xorvatiyadagi prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçi oldidan katta bot tarmoğidan foydalangan Kremlparast dezinformatsiya kampaniyasi alomatlarini aniqladi. Bu haqda 9 yanvar, payşanba kuni CIR hisobotiga tayanib, Politico xabar berdi.
«Rossiyaparast, Yevropa Ittifoqiga qarşi va NATOga qarşi bot-tarmoqlar amaldagi prezident Zoran Milanoviçni doimiy ravişda maqtaşi, ayni paytda Yevropa Ittifoqiga va NATOga qarşi xabarlarni tarqatgani aniqlandi», — deyiladi hisobotda. Şuningdek, ular Milanoviçni qöllab-quvvatlovçi kuniga 100 dan ortiq xabarlarni çop etgan «soxta Facebook akkauntlari»dan birining xatti-harakatlari böyiça misol keltirdi.
Londonda joylaşgan, dezinformatsion operatsiyalarni foş etuvçi CIR notijorat taşkiloti hisobotida aytilişiça, Rossiya bot-tarmoqlari 29 dekabr kuni bölib ötgan mamlakat prezidentlik saylovlarining birinçi bosqiçi oldidan Milanoviçning reytingini oşiriş uçun qattiq işlay boşlagan. Qayd etilişiça, hisobot xorvatiyalik mustaqil tadqiqotçilar tomonidan CIR bilan hamkorlikda Resilience Network taşabbusi doirasida tayyorlangan.
Xorvatiyada prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçi bölib ötadi
Xorvatiya prezidenti Zoran Milanoviç raqiblaridan sezilarli ustunlikka ega bölişiga qaramay, mamlakatdagi saylovlarning birinçi bosqiçida ğalaba qozona olmadi. Xorvatiya davlat saylov komissiyasi 30 dekabrga ötar keçasi e’lon qilgan natijalarga köra, Milanoviç 49,09 foiz ovoz oldi.
Xorvatiyada prezidentlik saylovlarida ğalaba qozoniş uçun zarur bölgan minimal miqdor 50 foizdan ortiq ovozdir. Mamlakatda prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçi bölib ötadi, u 12 yanvarga belgilangan.
Milanoviçning eng yaqin raqibi Dragan Primorakni saylovçilarning 19,35 foizi qöllab-quvvatladi. Primorak saylovning ikkinçi bosqiçida amaldagi prezidentning raqibiga aylanadi. Xorvatiyadagi prezidentlik saylovlarida boşqa nomzodlar – jami sakkiz kişi qatnaşdi – 10 foizdan köp ovoz töplay olmagan.
Saylov natijalari tahlilçilar uçun ajablanarli bölmadi – ular avvalroq ham Milanoviçning yetakçiligini, ham prezident 29 dekabr kuni bölib ötadigan saylovda tölaqonli ğalaba qozona olmasligini başorat qilgan edi.












