«Köp kvartirali uylarni boşqarişni yanada samarali taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, respublikadagi çegaralari belgilanmagan köp kvartirali uylarning tutaş yer uçastkalari çegaralari belgilanib, YERELEKTRON axborot tizimiga kiritiladi.
2024 yil 1 yanvardan:
- köp kvartirali uylardagi köçmas mulk bilan boğliq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki tölovlar böyiça qarzdorligi mavjud emasligi tekşirilgandan keyin tasdiqlanadi;
- majburiy badallarning yoki tölovlarning eng kam miqdori Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;
- agrotexnik işlov berişdan hosil böladigan (daraxt va buta şox-şabbalari, barglari) va köp kvartirali uylarga tutaş hududlarni tozalaşdan hosil bölgan çiqindilarni maişiy çiqindilarni töplaş punktlarida yoki çiqindilarni olib çiqib ketiş operatorlari bilan kelişilgan maxsus joylarda yiğişga ruxsat etiladi.
Şirkatlar va boşqaruvçi taşkilotlarning hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oldidagi qarzdorligi va ular uçun hisoblangan jarimalarning tölov muddati 2024 yil 1 oktyabrgaça keçiktiriladi.
Qaror bilan şuningdek, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasiga quyidagi qöşimça vakolatlar beriladi:
- köp kvartirali uylarni boşqariş organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta’minotidan foydalanişda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilişi ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş;
- köp kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutaş yer uçastkalarida amalga oşirilgan ta’mirlaş-tiklaş işlarining qonunçilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilişi ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş.













