Ötgan mavsumda Özbekiston çempioni bölgan Toşkent jamoasi va kubok egasiga aylangan Qarşi klubi örtasidagi bahs tomoşabop ötdi. 

7-daqiqada Çeranning uzatmasidan keyin Banaşak hisobni oçgan bölsa, 42-daqiqada Oybek Bozorov hisobni tenglaştirdi – 1:1.

65-daqiqada esa Stanoyeviç goli evaziga kambek uyuştirib, «Nasaf»ga Superkubokni keltirdi – 2:1.

Şu tariqa, Qarşi klubi öz tarixida ikkinçi marta Özbekiston Superkubogi sohibiga aylandi.

Özbekiston Superkubogi.
«Paxtakor» – «Nasaf» - 1:2
Boş hakam: Aziz Asimov
VAR: Ilgiz Tantaşev
Gollar: Pşemislav Banaşak 7 – Oybek Bozorov 42, Marko Stanoyeviç 65.
«Paxtakor»: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Odil Hamrobekov, 8.Azizbek Turğunboyev (20.Hojimat Erkinov, 71), 10.Dragan Çeran, 19.Pşemislav Banaşak, 27.Sardor Sobirxöjayev, 30.Metyu Stinvorden, 34.Farrux Sayfiyev, 77.Dilşod Saitov (17.Dostonbek Hamdamov, 71), 88.Şahzod Azmiddinov.
«Nasaf»: 1.Umidjon Ergaşev, 2.Alibek Davronov, 5.Ğolib Ğaybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdurahmatov, 17.Suhrob Nurulloyev, 19.Mateus Lima Kruz (70.Jambuli Jigauri, 55), 34.Şerzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyeviç (9.Javohir Sidiqov, 71), 92.Umarbek Eşmurodov.