Yaqinda Kia’ning rasmiy distribyutori bölgan Roodell kompaniyasi, özbekistonlik iste’molçilar uçun texnik tavsiflari va narx siyosati böyiça eng jozibador bölgan Kia mahsulotini aniqlaşga qaratilgan Car Clinic tadqiqot loyihasida iştirok etdi. Bu brendning Özbekiston bozorida muvaffaqiyatli pozitsiyalanişi uçun muhim qadamdir.
Car Clinic – Özbekiston bozoridagi potensial avtomobil xaridorlari örtasida fokus-guruhlar sörovnomalarini ötkazuvçi tadqiqot loyihasidir. Uşbu tadqiqot mijozlarning ehtiyojlari va umidlarini çuqurroq tuşuniş imkonini beradi va yangi modellarning qaysi asosiy xususiyatlari iste’molçilar uçun jozibali ekanligini aniqlaş imkonini yaratadi. Şuningdek, mazkur avtomobilni sotib olayotganda iste’molçi uçun qaysi omillar va mezonlar muhimligi haqida ma’lumot oliş muhimdir.

Car Clinic'nmng tadqiqot usuli bozorda distribyutorlikka ega avtomobil işlab çiqaruvçilari uçun standart bölib, kompaniyalarga öz mahsulotlarini mahalliy şaroit va talablarga moslaştiriş imkonini beradi, bu esa mahsulotni bozorda muvaffaqiyatli pozitsiyalanişini ta’minlaydi. Olingan ma’lumotlar Özbekiston bozorida avtomobillarning raqobatbardoşligini oşiriş va iste’molçilarning xohiş-istaklarini qondirişga ham imkon beradi.

Aniqlaşimizça, gap bu safar, sotuvlarining boşlanişi 2024 yilning birinçi yoki ikkinçi çoragida rejalaştirilgan yangi Kia'ning yangi modeli haqida ketmoqda. Yangi model ixçam krossover bölib, respondentlarning fikriga köra, bizning bozorda yaxşi talabga ega böladi.
Rasmiy distribyutor vakillari bu haqda izoh berişdan boş tortdilar, biroq brend özbekistonlik iste’molçilarni huşnud etişda davom etişini aytib, yangiliklarni kuzatib borişni tavsiya qildilar.
Ta’kidlaş joizki, brend mamlakatimiz bozorida öz örnini jadal ravişda egallab bormoqda, masalan, 2023 yilning yanvaridan iyunigaça bölgan davrda Kia avtomobillarining sotuvlari 7 mingdan ortiq avtomobilni taşkil etdi va Özbekistonda brend uçun tarixiy maksimum darajaga yetdi.
Kompaniya Özbekistonda özining dilerlik tarmoğini faol rivojlantirib, mijozlarga sifatli xizmat körsatiş va keng turdagi modellar qatorini taqdim etmoqda. Bundan taşqari, Kia brendi mijozlarni qondiriş siyosatiga rioya qiladi va öz avtomobillari uçun turli moliyalaştiriş va kafolat dasturlarini taklif etadi.
Kia avtomobillariga Özbekistonda talabning ortib borayotgani iste’molçilarning uşbu brendga va mahsulot sifatiga bölgan işonçidan dalolat beradi. Janubiy Koreyaning avtomobil işlab çiqaruvçisi, xaridorlarning talablari va ehtiyojlaridan kelib çiqib rivojlaniş va yangi modellarni taklif etişda davom etmoqda. Şu bilan birga, Özbekiston avtosanoat bozoridagi raqobat yuqoriligiça qolmoqda va Kia bozordagi öz uluşi uçun kuraşni davom ettirmoqda.












