Asialuxe Travel milliy turoperatori barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan bayram – O‘zbekiston Mustaqilligi kuni bilan tabriklaydi hamda eng samimiy tilaklarini izhor etadi, jumladan, baxt, mehr-oqibat, tinchlik-xotirjamlik va rivoj tilaydi. Shuningdek, Antaliya, Bodrum, Dalaman, Dubay, Istanbul va hatto Samarqand va Buxoroda dam olish uchun ajoyib mavsumiy chegirmalardan foydalangan holda o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun ta’til rejalashtirishni taklif qiladi.

O‘zbekistonliklarga yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin rejadan tashqari dam olish kunlarini tashkil qilish imkoniyati berildi va uni dengizda unutilmas ta’tilda o‘tkazish eng yaxshi yechim hisoblanadi. Tavsiya etilgan dam olish maskanlari, parvoz sanalari va narxlar bilan yaqinroq tanishing.

ANTALIYa

Butun dunyodan kelgan sayyohlar qalbidan munosib o‘rin egallagan Antaliya sohilidagi kurortlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sohildagi eng mashhur kurortlarda manfaatli takliflar, juftliklar va shovqinli kompaniyalar uchun hashamatli mehmonxonalar, ko‘plab sayr-tomosha – bularning barchasi afsonaviy Antaliya mehmonlari uchun mavjud. Dengiz sarguzashtlarini yaxshi ko‘radiganlar uchun dam olish variantini tanlash qiyin bo‘lmaydi, chunki Antaliya kurortlarning xilma-xil “menyu”sini taklif etadi. Bundan tashqari, Antaliya bu – faqat sohilda passiv dam olish degani emas. Bular, shuningdek, dunyoga mashhur diqqatga sazovor joylarga qiziqarli ekskursiyalar – Pamukkale serpantinlari, qadimiy shaharning qadimiy xarobalari, “yoshartiruvchi” xususiyatga ega mashhur Kleopatra hovuzi. Undan tashqari, siz ipak gilam to‘quvchi ustalarning ijodi bilan tanishish, haqiqiy turk vino zavodlarida vinolarni tatib ko‘rish va Antaliya tarixini yaqindan o‘rganish imkoniga ega bo‘lasiz.

Toshkentdan Antaliyaga taqdim etilgan uchish sanalari:

29.08.2023-05.09.2023

30.08.2023-05.09.2023

31.08.2023-07.09.2023

02.09.2023-09.09.2023

03.09.2023-10.09.2023

03.09.2023-11.09.2023

05.09.2023-11.09.2023

05.09.2023-13.09.2023